Nazarbayev qurol savdosi toʻgʻrisidagi Nьyu-York kelishuvini imzoladi

0
782

Nazarbayev qurol savdosi toʻgʻrisidagi Nьyu-York kelishuvini imzoladi

 Oqoʻrda matbuot xizmatining xabar qilishicha, Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarbayev qurol savdosi toʻgʻrisidagi Kelishuvni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi.

 “Davlat rahbari tomonidan Qozogʻiston respublikasining “Qurol savdosi toʻgʻrisidagi kelishuvni ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun imzolandi”, – deyiladi xabarda.

 Qozogʻiston OAV maʼlumotlariga koʻra, Kelishuv quyidagi toifalar doirasida oddiy qurol-yarogʻlarning barcha turlariga qoʻllaniladi: jangovar tanklar, jangovar zirhli mashinalar, katta kalibrdagi artilleriya tizimlari, jangovar samolyotlar va vertolyotlar, jangovar kemalar, raketalar va raketalarni uchirish qurilmalari, oʻq otar qurol va yengil qurol-yarogʻlar.

 Kelishuvga muvofiq har bir ishtirokchi davlat milliy nazorat tizimini tashkil qiladi hamda undan foydalanadi, shuningdek, maʼlumot almashish boʻyicha milliy bogʻlanish markazini belgilaydi.

Izohlar yo'q