Hamzayev: Hizb ut-Tahrirning moddiy kuchga tayanmasligi Rossiya uchun tahdiddir

0
491

Hamzayev: Hizb ut-Tahrirning moddiy kuchga tayanmasligi Rossiya uchun tahdiddir

Rossiya tomonidan bosib olingan Qrimda Federal xavfsizlik xizmati (FSB) musulmonlarga nisbatan zulmlarini davom ettirmoqda. Bunga sabab Qrim tatarlarining zulmga qarshi moddiy qarshilik koʻrsatmaganliklaridir. Bu haqida Hizb ut-Tahrir – Ukraina matbuot boʻlimining rahbari Fozil Hamzayev maʼlum qildi. Fozil Hamzayevga koʻra, agar Qrim tatarlari qurolli qarshilik koʻrsata boshlaganda edi, bu ish Rossiyaning foydasiga hal boʻlardi.

 Hamzayev Qrim tatarlari ham Hizb ut-Tahrirning aʼzolari singari zoʻravonliksiz usullardan foydalanayotganligini taʼkidlar ekan, shuning uchun FSB Rossiyada ham, Qrimda ham musulmonarga qarata repressiyani kuchaytirayotganligiga eʼtiborni jalb qildi.

 “Bizning metodikamizning asl mohiyati moddiy kuch ishlatmaslikdir. Islom dunyosidagi siyosiy faoliyatlarimiz ham, Islom dunyosidan tashqaridagi yurtlardagi faoliyatlarmiz ham moddiy kuch ishlatmaslik asosiga tayanadi. Qrim haqida aytadigan boʻlsak, shuni yaxshi bilamizki, Qrim tatarlari qoʻllariga qurol olib, kuch ishlatgan holda norozilik chiqishlarini boshlasalar, bu harakat Rossiya uchun qulay fursat tugʻdiradi. Bu esa, Rossiyaga Chechenistonda yuritgan siyosatini amalga oshirish va 200 yildan buyon bartaraf eta olmagan Qrim tatar masalasini hal qilish imkonini beradi. Hizb ut-Tahrirning Rossiya uchun tahdidligi ham harakatlarimizning moddiy kuch ishlatishga tayanmaganligidan kelib chiqmoqda. Rossiya Federatsiyasining bosimini qabul qilmasligimizni aytamiz va shu bilan birga qoʻlimizga qurol ham olmaymiz. Shu sababli Rossiyadagi va Qrimdagi daʼvolarning barchasi faqat Islom haqida aytilgan fikrlar uchun ochilganligini koʻryapmiz”, dedi “QHA” axborot agentligiga intervьyu bergan Hamzayev.

Maʼlumki, Rossiya tarafidan bosib olingan Qrimda FSB tomonidan muxolifatchi Qrim tatarlar va musulmonlarga qarshi bosim kundan kunga kuchayib bormoqda. Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bahonasida kuch ishlatar organlari uylarga bostirib kirib reydlar oʻtkazmoqda va noqonuniy tintuvlar oʻtkazib, odamlarni hibsga olmoqda.

Izohlar yo'q