Qozogʻiston YeOII huquq meʼyorlariga rioya qilmayapti

0
828

Qozogʻiston YeOII huquq meʼyorlariga rioya qilmayapti

 Qirgʻiziston Iqtisodiyot vazirligining taʼkidlashicha, Qozogʻiston tomoni Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (EOII) xuquq meʼyorlariga rioya qilmayapti. Qozogʻiston davlat chegarasidagi oʻtish punktlarida yuzaga kelgan vaziyat hamda mamlakat yuk tashuvchilari va tadbirkorlari toʻqnash kelayotgan muammolardan soʻng vazirlik shu bayonotni berdi.

 Qozogʻiston tomonidan barcha oʻtish punktlarida joriy etilgan qoʻshimcha nazorat YeOII toʻgʻrisidagi Shartnomaning asosiy  printsip va maqsadlariga mos kelmaydi hamda  Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasi maqsadlarini tahdid ostiga qoʻyadi. Qozogʻiston tovarlarning erkin harakatlanishini cheklamoqda, shu tariqa YeOII yagona bozori faoliyati printsiplaridan birini buzmoqda.

 Shu munosabat bilan Qirgʻiziston Iqtisodiyot vazirligi YeIK Hayʼati raisi Tigran Sarkisyan nomiga tegishli maktub yoʻlladi. Maktubda YeOII toʻgʻrisidagi Shartnomaning amal qilish toʻgʻrisidagi 2014 yil 29 mayda qabul qilingan qoidalariga Qozogʻiston tomoni rioya etilishi yuzasidan ogohlantirish berilishi va mazkur masala YeIK Hayʼatining yaqin oradagi majlislaridan birida koʻrib chiqilishi soʻralagan.

 Davlat chegara xizmati maʼlumotlariga koʻra, yirik va hamisha gavjum boʻladigan “Aqjol” va “Aq-Tilek” avtoyoʻl oʻtish punktlarida Qozogʻiston tomonidan cheklovlar joriy qilingunga qadar bir kunda oʻrtacha 8 176 kishi, 662 ta transport vositasi oʻtardi.  10 oktyabrdan boshlab mazkur nazorat-oʻtish punktlari orqali bir kecha-kunduzda Qirgʻizistondan Qozogʻistonga 3 446 kishi va  357 ta transport vositasi oʻtmoqda.

Turkiston:

Bundan tashqari Qirgʻiziston  butun dunyo savdo uyushmasiga (VTOga) ham maktub yoʻlladi. Bu tashkilotga har ikkala davlat ham aʼzo ekanligi sababli, chegara tartibi haqidagi rezolyutsiyalar Qozogʻiston tomonidan buzulayotganidan shikoyat qildi. Lekin yuqoridagi tashkilotlar tomonidan hozirgacha biror joʻyali natija yoki munosabat yo bir ish harakat sezilgani yoʻq.

Aslida bu tashkilotlar yuz berayotgan jarayondan avvaldan xabardor. Ularning bu qonunbuzarlikka aralashishlari uchun ularga arz bilan murojaat qilishning ham hojati yoʻq edi. Chunki xalqaro tashkilotlar oʻz qonun qoidalarini oʻzlari himoya qilishlari kerak. Negaki ular bir necha davlatlar oʻrtalarida shu xizmatni, yaʼni oʻzaro aloqa va munosabatlarni yengillatib berish uchun tuzilgan. Bu xalqaro tashkilotlarning deyarli barchasi, oʻziga aʼzo davlatlar uchun teng huquqli shartlarini kafolatlab berish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

Lekin voqeda unday emas. Aksincha har bir xalqaro tashkilot qaysi yetakchi davlat tarafidan tuzilgan boʻlsa, oʻsha davlatga tobedir. Masalan: “BMT” AQSh tomonidan boshqariladi. AQShning olamiy nufuzi kuchli ekanligi sababli, bu tashkilot ham dunyoda eng taʼsirli tashkilot boʻlib turibdi. Tabiiyki bu tashkilot faqat AQShning manfaatlari asosida ish olib boradi. AQShning manfaatini himoya qilish uchun olamiy sistemani va xalqaro siyosatni yoʻnaltirishga harakat qiladi. Yangi mustamlaka davlatlarni qoʻlga kiritishi uchun AQShga yoʻl ochib beradi. BMTga aʼzo davlatlar ichida bir qator yirik, quvvatli mustaqil davlatlar ham bor. AQSh ularga xalqaro siyosatda bir qator imtiyozlar berish bilan ularni oʻziga tobe qilib keladi. Ularning olamda olib borayotgan qabih va iflos mustamlaka harakatlariga va oʻzlariga tobe boʻlgan zaif davlatlarga qarshi olib borayotgan jirqanch siyosatlariga eʼtibor bermaydi. Hatto bu davlatlar BMT rezolyutsiyalarini va xalqaro inson huquq normalarini buzib kelishayotgan taqdirda ham.

Qirgʻiziston Qozogʻiston ustidan har xil xalqaro tashkilotlarga shikoyat qila boshladi. Xalqaro tashkilotlar esa, rasmiyatchilik uchun biror xat yozib qoʻyish bilan norozilik bildirib qoʻyishi mumkin. Lekin Qozogʻistonning Rossiya uchun ahamiyati va taʼsiri oʻta kuchli. Qozogʻiston Qirgʻizistondan har tomonlama bir necha barobar kuchli va strotegik ahamiyatga ega. Demak har qanday xalqaro tashkilot unga shu ahamiyatidan kelib chiqib muomala va munosabat bildiradi. Yoki shunchaki rasmiyatchilik bilan cheklanadi.

Bu kabi muomalalarga dunyoda son sanoqsiz misollar keltirish mumkin. Amerikaning Iroqqa va Avgʻonistonga asossiz bostirib kirishi, Rus harbiylarining Suriyani qatliomm qilishi, Falastinda Yahudlar musulmonlarni tahqirlab kelishayotgani haqida Falastin mamuriyati tomonidan yuzlagan shikoyatlarning etiborsiz qoldirilishi, Myanьmadagi musulmonlarni qatli omm qilinishi! Bularning barchasi BMT tomonidan etiborsiz qoldirildi. Chunki bu bosqinchilik va qatliommlar yetakchi davlat yoki xarqaro siyosatga nisbatan taʼsir quvvatiga ega yirik davlatlar tomonidan uyushtirilgan!!

Xalqaro siyosat boshi berk koʻchaga kirib qolgan. Demokratiyaga asoslangan kapitalistik olamiy boshqaruv sistemasi izdan chiqib, oʻz qadriyatlarini oʻzi toptay boshladi. Yaʼni olamiy boshqaruv sistemasi, oʻz mafkurasi bilan dunyoni boshqara olmay qoldi. Gʻarb davlatlari bilan boshqa yurtlar oʻrtasidagi imtiyozlar va insonlarning yashash darajasida katta farqning paydo boʻlib borayotgani hamda teng huquqlilik asosi buzulib, zulmlar haddan ziyod kuchayib borayotgani ularning aqidalari, shu aqidasiga asoslangan mafkura va sistema (mabda)larining yaroqsiz ekanligidan kelib chiqyapti. Ular esa, buni yashirmoqchi boʻlishyapti.

Demak, Qirgʻiz Qozoq chegara muammosi, chegaraning mavjud boʻlib turishining oʻzidan kelib chiqmoqda. Yaʼni islomiy mamlakatlar oʻrtalarida chegara boʻlishi joiz emas! Bu sunʼiy chegaralar, kufr sistemasi oʻzining chirib bitgan tuzimiga dunyoni boʻyin sundirib turishda oʻta ahamiyatli va juda kuchli rol oʻynaydi. Yuqorida shunga misol sifatida, Qirgʻiziston bilan Qozogʻiston bir biri bilan kelisha olishmay kufr tashkilotlariga murojaat qilishayotganini koʻrib turibmiz. Demak, xalqaro siyosat, mustamlaka davlatlar ustidan oʻz manfaatlarini roʻyobga chiqarish uchun xohlagan paytida ular oʻrtalaridagi chegaralar muammosini chiqarishi va hatto bu ishni ular oʻrtalarida harbiy urush paydo qilishgacha olib borishi mumkin. Qozoq va Qirgʻiz prezidentlari esa, oʻzlaridagi kibr va shaxsiy ambitsiyalarini jilovlay olmay, xalqining iqtisodiy qiyinchiliklarini yanada kuchaytirib borish bilan bir qatorda, mamlakatlarini kufr sistemasiga tobeligini oshirib borishyapti!

Izohlar yo'q