Atambayev: Qirgʻiz xalqi uchun nomus hayotdan aziz

0
846

Atambayev: Qirgʻiz xalqi uchun nomus hayotdan aziz

 Prezident Almazbek Atambayev Botkent tumanidagi kuch tuzilmalari xodimlariga yangi turar-joylar kalitlarini topshirar ekan, Qozogʻiston bilan chegarada yuz berayotgan hodisalarga izoh berdi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston nashri.

Xabarda aytilishicha, Atambayev shu kunlarda hududlarda istiqomat qiluvchi aholi bilan soʻnggi uchrashuvlarni oʻtkazayotganini maʼlum qilgan.

“Men qirgʻiz-qozoq chegarasidagi, YeII bitimlari va normalari buzilayotgan hadsizlikni uch kundan buyon kuzatib kelyapman”,- degan Atambayev.

Shundan soʻng u qirgʻiz xalqi sal kam uch ming yillik tarixga egaligini eslatib oʻtgan.

 “Uch ming yillik tarixga ega xalq, meni oʻylashimcha, uch kunlik qamaldan hech qachon qoʻrqmaydi. Bizning xalqimiz uchun or-nomus hayotdan azizroq. Biz har neni koʻrdik, 2010 yilda bir yarim oylik qamal ham boʻlgan. Biz insonlar qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirganlariga guvoh boʻlganmiz va bugungi kundagi qonunsizlikni ham yengib oʻtamiz, oʻz mustaqilligimizni himoya qilamiz”, – degan Atambayev.

 Atambayev qoʻshni davlatlar tinch va totuv hayot kechirishlari kerak, deya qayd etgan.

 “Agar sen qoʻshningni uyiga oʻt qoʻymoqchi boʻlsang, yodingda tutki, shamol boshqa tomonga esishni boshlashi va oʻz uying kulga aylanishi mumkin. Qozogʻistonda qattiq ocharchilik boʻlganida, yuz minglab qozoqlar oxirgi boʻlak noni bilan teng boʻlishgan bizni xalqimiz tufayli omon qolishgan edi”,- deya eslatib oʻtdi prezident.

 Atambayev ikki xalq qardoshligini, har bir qirgʻizda qozoq, har bir qozoqda esa qirgʻiz qoni oqishini taʼkidlab oʻtdi. Atambayev katta buvilari Qozogʻistondan ekanligi, birinchi nabirasining onasi ham qozoqligini qoʻshimcha qildi.

“Xon, sulton va prezidentlar ikki birodar xalqni hech qachon urushtira olmaydi. Qirgʻizlar hech qachon kimningdir oldida tiz choʻkmaydi”,- deya taʼkidladi.

 Oʻz nutqi soʻngida, Atambayev Qirgʻiziston armiyasi salohiyati haqida gapirgan va zarba berishga qodirligini eslatib oʻtib, ayni vaqtda qurolli emas, balki moliyaviy va axborot urushlari olib borilayotganini taʼkidlagan. Mustaqillikni nafaqat armiya, balki donishmandlikka amal qilgan holatda saqlab qolish kerak, degan Atambayev.

  Turkiston:

“Bir oy-bir yarim oy qoldi, hamda men agarda bizning qoʻshnilarimiz, qoʻshni rahbarlar oʻzlariga kelishmasa, koʻzlari ochilmasa, boshqacha gaplashaman”, — degan edi Almazbek Atambayev davlat mukofotlarini topshirish marosimida soʻzlagan nutqida.

Atambayev qozoq hamkasbi Nazarbayev bilan uchrashuvdan qochib, Sochida boʻlib oʻtgan MDH davlatlar sammitiga ham bora olmadi. Xuddi shuningdek ilgari, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdagon bilan ham aloqasini buzib olgan edi. Avvalroq AQSh haqida siyosiy nojoʻya soʻzlar aytib qoʻyib, BMT sammitiga borishga jurʼati yetmay, ogʻrib qolgan boʻlib, yarim yoʻldan qaytib kelgan edi. Endi Qozoq prezidenti bilan aytishib, oqibatidan jabr koʻrayotgan Qirgʻiz xalqini zulmga sabr qilib berishga chaqiryapti.“Boshqacha gaplashaman” deganida, shu sabr bardoshga chaqirishni nazarda tutgan edimi? Yurtboshilarimiz toboro tubanlashib boryapti! Ular deyarli birorta soʻzida turmaydigan tuturiqsiz boshliqlarga aylanib qolishdi.

Izohlar yo'q