Tojikistonda dafn marosimlari tartibga solinmoqda

0
881

Tojikistonda dafn marosimlari tartibga solinmoqda

  Tojikiston jamiyatida  dafn marosimi va motamga rioya etilishi borasidagi yaqinda oʻrnatilgan tartiblar keng muhokama qilinmoqda.

 Endilikda dafn marosimlarida baland ovozda yigʻlash, boshini tuproqqa urish, kiyimlarini yirtish, sochlarini yulish, yuziga urish va yigʻlashni kasb qilib olganlarni chaqirish taqiqlanadi. Marhumning qarindoshlariga ovoz chiqarmay yigʻlashlariga ruxsat berildi.

  Motam marosimlarini oʻtkazish tartibi Din ishlari boʻyicha Qoʻmita Tojikiston Ulomalar kengashi va islomshunoslik markazi bilan birgalikda ishlab chiqildi. Hujjat hozircha tavsiya xarakteriga ega, ammo anьana va marosimlarni tartibga solish toʻgʻrisidagi  mamlakat qonuniga oʻzgartish kiritiladigan boʻlsa, u holda bu tartiblarga amal qilish majburiy boʻladi.

  Din ishlari qoʻmitasi matbuot kotibi Afshin Muqimning aytishicha, yangi qoidalarni joriy qilishdan koʻzlangan asosiy maqsad motam va dafn marosimlarini tartibga solishga qaratilgan.

  Goʻrkov va yuvgʻichning vazifasi joylardagi mahalliy rasmiylar ishtirokida marhumning qarindoshlari tomonidan bajariladi. Marhumning uyida kechqurun uning qarindosh va farzandlaridan boshqalarning qolishi taqiqlanadi. Ayollar koʻk rangdagi motam libosini kiyishlari kerak, endilikda qora kiyim taqiqlanadi.

Izohlar yo'q