Мисрда уйғурлар “ов”и бошланди

0
1092

Misrda uygʻurlar “ov”i boshlandi

Misrda As-Sisi hukumati turli universitetlarda tahsil olayotgan uygʻur talabalarni ushlab, Xitoyga topshira boshladi. Soʻngi xabarlarga koʻra, Xitoyning talabiga binoan Misrda joriy hafta boshidan eʼtiboran Misr politsiyasi uygʻur talabalar yashayotgan maskanlarga kuch bilan bostirib kira boshlagan. Bu ishda Misr politsiyasiga Xitoy razvedkasi va politsiyasi hamrohlik qilmoqda. Hozircha, 36 talaba hibsga olinib, Misr qamoqxonalariga olib ketilgan va ularni Xitoyga topshirish ustida ish olib borilmoqda.

Kommunist Xitoy hukumati joriy yilning boshidan buyon Turkiya, Misr, Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Kanada va boshqa koʻplab mamlakatlardagi uygʻur oilalarga, ayniqsa xorijda tahsil olayotgan talabalarga telefon qilib, oʻz yurtiga qaytarish uchun bosim oʻtkazishni boshlaganligi aytilmoqda.

Oʻz yurtlarida qolgan oilasiga nisbatan hukumat tarafidan zulm qilinishidan andishalangan koʻpchilik talabalar va tadbirkorlar Sharqiy Turkistonga qaytishga majbur boʻlgan va ularning koʻpchiligi aeroportning oʻzidayoq qoʻlga olingan. Ulardan bir qanchasining taqdiri maʼlum emas. Shu bois yuzlab talabalar tashvishga tushib, Misrdan xavfsiz deb bilgan mamlakatlarga qochishga harakat qilmoqda. Odatda Sharqiy Turkistonlik uygʻurlar xavfsiz deb Turkiyani afzal koʻrishadi. Biroq Xitoyning talabini inobatga olgan Turkiya ham, soʻnggi paytlarda deport qilish uchun bir necha oilalarni hibsga ushlab turibdi.

“Bu vaziyatdan tashvishga tushgan talabalar xavfsiz mamlakat izlashga tushdi. Qayoqqa borishlarini bilmay sarosimaga tushib qolgan talabalar oʻzlari uchun bir xaloskor kutishmoqda”, deyiladi xabarda.

Izohlar yo'q