Rojers: Gʻarb tizimi butunlay qulaydi

0
639

Rojers: Gʻarb tizimi butunlay qulaydi

Jahon bozorlarining eng mashhur sarmoyadori Jim Rojers Dunyoning yetakchi axborot agentliklaridan biri “Business Insider”ga bergan intervyusida yaqin yillar ichida Gʻarb tizimining butunlay qulashini bildirdi. Afsonaviy sarmoyadorning taxminiga koʻra, shu yilning oxirida yoki keyingi yilda bozorlarda misli koʻrilmagan eng katta inqiroz yuz beradi va bu Gʻarb hazoratining qulashiga sabab boʻladi.

“Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi ayrim qimmatli qogʻozlar koʻpikka va pufakchalarga aylanib bormoqda. (Buning oqibatida) tizim qulaydi. Davlatlarning inqirozlarini koʻrasiz. Islandiya kabi boshqa mamlakatlar ham bu safar inqirozga yuz tutadi. Gʻarb hazorati qulaydi. Bu siz hayotda koʻrgan eng katta qulash boʻladi”, “2007 yilda Islandiya bankrot boʻldi. Hamma hayron boʻldi. “Ularning bozori bormi?” deb soʻraganlar ham chiqdi. Undan soʻngra Irlandiya va Bear Sterns quladi, undan keyin Leman Brazers. Aylanish har doim shunday boʻlgan. Har safar kutmagan tarafimizdan keladi”, dedi Rojers.

Dunyo davlatlarining, xususan AQShning qarz miqdori hech qachon bunchalik koʻp boʻlmaganligiga eʼtibor qaratgan Rojers “2008 yili inqiroz yuz bergan paytda Xitoyning qoʻlida yomon kunlari uchun saqlab qoʻygan katta miqdorda ortiqcha zaxiralari bor edi. Ogʻir kunlar keldi va ular ham pul sarflashni boshladi. Ayni paytda hatto Xitoyning ham qarzi bor. AQSh federal rezervining balansi 2008 yilga nisbatan besh barobar katta”, deya qoʻshimcha qildi.

Izohlar yo'q