Hizbning elektron saytlarini taqiqlash

0
510

Hizbning elektron saytlarini taqiqlayotganingiz uning fikrlari oldida zaif ekaningizga yaqqol dalildir

Turkiya axborat va telekommunikatsiya texnologiyasi hayʼati Hizb ut-Tahrir-Turkiya viloyatining rasmiy sayti (www.hizb-turkiye.org)ni yopib qoʻydi. Hech qancha vaqt oʻtmay, Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi sayti (www.hizb-ut-tahrir.info)ga ham toʻsiq qoʻydi.

Bu ikki chora-tadbir, hali Sud qarori chiqmasidanoq, hech qanday oqlov va zaruriy maʼlumotlarsiz ijro etildi.

Biz Hizb ut-Tahrir-Turkiya viloyati aʼzolari ayni masalaga qisqacha izoh keltirmoqchimiz:

Turkiyada televizon dasturlar, gazeta va jurnallar, internet saytlari Islom printsiplariga hech bir jihatdan muvoviq kelmaydi, aksincha, ular orqali yolgʻon-yashiq gaplar va uyatsizliklarni ochiq tarqatilishiga yoʻl ochib berilgan. Biroq Islom taʼlimiga asoslangan islomiy muassasalar esa, taqiqlangan.

Siz bir jihatdan, yoshlarimizni zaharlayotgan ayni kanallarni shu davlatning rasmiy rahbarlari sifatida moliyalashtirib-boshqaryapsiz, ikkinchi tomondan, Islom asosida oʻzgartiruvchi fikr va aqllarga toʻsiq qoʻyyapsiz. Oʻz-oʻzidan savol tugʻiladi: shumi siz daʼvo qilgan diniy avlodni yetishtirish?!

Darvoqe, Hizb ut-Tahrir saytlariga taqiq qoʻyish, 2017 yil 5 mart kuni “Olam nima uchun Xilifalikka muhtoj” nomli konferentsiyamizni eʼlon etganimizdan soʻng boshlandi hamda rasmiy hokimiyat tomonidan qonunbuzarlik bilan taqiqlandi. Bu esa, hokimiyatning musulmonlarga taqdim etayotganimiz islomiy fikrlarga raddiya bildirishga qodir boʻlolmaganiga, shu bois ularning tarqatilishiga taqiq qoʻyishga majbur boʻlganiga dalolat qiladi. Oʻz navbatida, bu Islomga qarshi taqiqlov aqliyati hali ham davom etayotganini ham koʻrsatadi. Chunki Hizb ut-Tahrirning islomiy fikrlari ularni ojiz qoldirmoqda. Hozirda uning fikrlarini qabul qilgan aqllar bugungi kunda yurtda juda koʻp. Shuning uchun Hizb ut-Tahrir Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikka fikriy va siyosiy kurash orqali harakat qilmoqda. Zero, bu Islom boshqaruvini intizorlik bilan kutayotgan musulmonlar matlabidir.

Hizb ut-Tahrirning Turkiyadagi matbuot boʻlimi

Web: www.hizb-turkiye.org

E-Mail: bilgi@hizb-turkiye.org

Izohlar yo'q