BMT yordamlari Suriya xalqiga emas, Asad askarlariga berilganligi aniqlandi

0
481

BMT yordamlari Suriya xalqiga emas, Asad askarlariga berilganligi aniqlandi

BMT tarafidan Suriyada nochor ahvolda qolgan insonlarga yuborayotganligi daʼvo qilingan insonparvarlik yordamlari Suriyaning mazlum xalqiga emas, balki Asad askarlarining qoʻliga borib tushganligi ayon boʻldi. Bu haqida “Mepanews” axborot agentligi Britaniyada chiqadigan Guardian gazetasidan olib xabar tarqatdi. Xabarda aytilishicha, al-Majdal viloyatida Suriya muxolifati Asad rejimidan tortib olgan bazani borib koʻrgan Suriyalik jurnalist Hodiy Abdulloh rejim askarlari bu nuqtalarda BMT tarafidan urushda jabr koʻrgan qochoqlar uchun yuborilganligi aytib kelingan anjomlardan foydalanib kelingangigiga aniqlik kiritgan.

Hama shahrining shimolida Suriya muxolifati guruhlari Asad kuchlaridan tortib olgan nazorat nuqtasida kutilmagan holatga duch kelgan Abdullohning maʼlum qilishicha, BMT tarafidan mazlum insonlar uchun yuborilgan yordam mahsulotlari shu vaqtgacha Suriya qoʻshinlari nazorati ostida boʻlgan nuqtalarda ishlatilib kelingan.

Hodi Abdulloh oʻzi guvoh boʻlgan holatlarni tasvirga tushirib Yotube portaliga joyladi. Videoda BMTga oid chodirlar va choyshablar rejim kuchlari tomonidan foydalanganligini koʻrish mumkin. Anjomlar ustida “UNHCR- The UN Refugee Agency (Birlashgan Millatlar Tashkilotining qochqinlar boʻyicha Oliy komissari)”, degan yozuv yaqqol koʻzga tashlanadi. https://www.youtube.com/watch?v=BESx9gAVreA

Shu vaqtgacha yordam sifatida Suriya mazlumlariga yuborilgan oziq-ovqat, toza suv va tibbiy anjomlar ham Suriya rejimi tomonidan foydalanib kelinganligi haqida daʼvolar mavjud.

Ilgari ham ayrim xayriya tashkilotlari Suriya xalqi uchun yuborilayotgan turli yordam mahsulotlarining Asad rejimiga berib yuborilayotganligini aytib, BMT bilan kelishilgan holda faoliyat yuritishdan bosh tortgan edi.

Izohlar yo'q