Ostona muzokaralarida Suriya oʻt ochishni toʻxtatish tartibini buzganlik uchun sanktsiyalar muhokama qilinadi

0
837

Ostona muzokaralarida Suriya oʻt ochishni toʻxtatish tartibini buzganlik uchun sanktsiyalar muhokama qilinadi

Suriyada tinchlik oʻrnatishga qaratilgan Ostona muzokaralarining navbatdagi bosqichi ishtirokchilari oʻt ochishni toʻxtatish tartibini buzish holatlarini koʻrib chiqishadi va uni buzganlarga nisbatan sanktsiyalarni muhokama qilishadi. Bu haqda Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmonov maʼlum qildi.

“Gap, xususan, jangovar harakatlarni toʻxtatish tartibini buzish hollarini qayd qilish usuli hamda ushbu tartibni buzganlarga nisbatan sanktsiyalar haqida bormoqda. Kafolat beruvchi mamlakatlar (RF, Turkiya va Eron) maʼlumotlariga koʻra, ular bu yerda oʻt ochishni toʻxtatish tartibini buzish hollarini qayd etuvchi guruhni tuzishni rejalashtirgan”, – degan Abdrahmonov.

Uning aytishicha, Turkiya tomoni tez orada oʻz delegatsisi tarkibi xususida axborotni taqdim etadi. Qozogʻiston TIV esa, Suriya qurollangan muxolifati vakillarining muzokaralarda ishtirok etishiga doir maʼlumotlarni ham kutmoqda.

BMT muzokaralarda besh nafar vakili bilan qatnashadi. Abdrahmonovning soʻzlariga koʻra, hozircha, AQSh vakillarining muzokaralarda ishtirok etishiga doir maʼlumotlar mavjud emas. U, shuningdek, Rossiya va Suriya hukumat delegatsiyalari yetib kelganini tasdiqlagan. Eron va Iordaniya vakillari ham kelishgan.

Ostonadagi muzokaralar birinchi safar boʻlganidek, Rixos mehmonxonasida tashkil etiladi. Shu bilan birga, bu safar ham ikki tomonlama va koʻp tomonlama shaklda muzokaralar boʻlib oʻtadi. TIV rahbarining qayd etishicha, Ostona uchrashuvlari Jeneva muzokaralarini boshlash uchun jiddiy, tayyorlov bosqichi boʻlib xizmat qiladi.

Izohlar yo'q