Turk politsiyasi Istanbuldagi terakt ijrochisi Qirgʻiziston yoki Oʻzbekiston fuqarosi boʻlganini gumon qilmoqda

0
651

Turk politsiyasi Istanbuldagi terakt ijrochisi Qirgʻiziston yoki Oʻzbekiston fuqarosi boʻlganini gumon qilmoqda

Turkiya politsiyasi 1 yanvarga oʻtar kechasi Istanbuldagi tungi klubda amalga oshirilgan teraktni Oʻzbekiston yoki Qirgʻiziston fuqarosi tomonidan sodir etilgan boʻlishi mumkin deb hisoblaydi.

Bundan oldinroq,OAV orqali terakt ijrochiligida gumon qilinayotgan yigit suratini chop qilgan, suratdagi yigit tashqi koʻrinishidan Markaziy Osiyolikka oʻxshash boʻlgan. Biroq keyinchalik gumondorning surati nomaʼlum sabablarga koʻra olib tashlangan.

39 kishining oʻlimiga sbab boʻlgan teraktni “IShID” tashkiloti oʻz zimmasiga oldi.

“IShID” tashkiloti 2 yanvar kuni tarqatgan bayonotida “xalifalikning askarlari nasroniylar oʻzlarining kufr bayramlarini nishonlayotgan kezda” hujumni amalga oshirdi, deyiladi.

Maʼlumki, 1 yanvar kuni qurollangan shaxs Istanbuldagi “Reina” nomli tungi klubga bostirib kirib, yangi yil bayramini nishonlayotgan kishilarni oʻqqa tutdi. Ushbu terakt oqibatida 39 kishi halok boʻldi va 69 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizildi. Halok boʻlganlarning 16 nafari xorijlik edi.

Turkiston:

Dunyoda, ayniqsa Turkiyada, Halabdagi qatliomlar va u yerdagi musulmonlarga nisbatan Erdoganning xiyonati ortidan musulmonlarning tygʻulari va kufrga qarshi nafratlari boshqarib boʻlmaydigan darajada joʻshib ketdi. Halabga Asad va Rossiyaning bostirib kirishi islomiy tuygʻularni yanada kuchaytirib yubordi. AQSh va unga ergashgan barcha kufr yetakchilari bu holatdan qattiq vahimaga tusha boshlashdi. Turkiya boʻylab islomiy norozilik chiqishlar, rus elchisining oʻldirilishi, xalqning Halabga qarab yurishlar uyushtira boshlayotgani va hokazo.

Bu islomiy tuygʻularni bostirish Shomga qarshi urush olib borayotgan kufr koalitsiyasining muammosiga aylandi. Erdogan ham shu koalitsiya karvoni bilan birga. Ular oktyabr oyidan boshlab, Turkiyada qoʻporuv ishlarini yana kuchaytirib yuborishdi. 10 dekabrda Istanbul stadioni oldida bir necha marotaba portlashlar uyushtirishdi. Yuqoridagi amaliyot ham yana oʻsha Islom va musulmonlarga qarshi koalitsiya kuchlari tomonidan uyushtirildi.

Maqsadlari; musulmonlarni chalgʻitish, ilmoniy fuqorolar qatlamini uygʻotish bilan islomiy tuygʻuga qarshi yoʻnaltirish, Islomiy tuygʻular taʼsiri ostidagi qatlam vakillari boʻlgan musulmonlarga qarshi yana tozalash ishlarini kuchaytirish, jamiyatdagi islomiy muhit taʼsirini sindirish yoki soʻndirish, vaqtincha boʻlsa ham. Shuning uchun kufr sistemasi oʻzining eski sinalgan uslubi bilan qoʻporuv amaliyotlarini uyushtira boshladi.

Endi bu kufr koalitsiyasi IShIDni avvalgi “Al qoida” singari butun dunyoga vahima soluvchi, qoʻporuvchi harakatlar olib boruvchi sarob sifat islomiy mashina qilib koʻrsatmoqchi boʻlyapti. Buning bilan AQSh “Suriyadagi jangarilarga qarshi olamiy koalitsiya bilan birga, millionga yaqin tinch aholining oʻlimiga sabab boʻlgan urushni bekordan-bekorga uyushtirganimiz yoʻq, ular olamdagi butun mamlakatlarga xavf tugʻdirayotgan edi” demoqchi boʻladi. Lekin bu ertaklari eskirdi va bu ertaklariga ishonuvchi ummat endi kotta boʻldi, uygʻondi, hazoratini va aqidasini tanidi.

Shunday boʻlishiga qaramay, kufr sistemasi hali taslim boʻlgani yoʻq. U musulmonlarni nomidan gʻayridinlarni yoki gʻarbparast musulmonlarni oʻldiraveradi. Maqsadi ilmoniy muhitni saqlab qolish. Chunki kufrni ortidagi yagona quvvat hozircha shu qatlam vakillari boʻlib turibdi. Kufr olamda qatliomni insoniylik darajasidan oshirib yuborganida, ilmoniy qatlam ham islomiy muhit bilan birlashib insoniylikni himoya qila boshlaydi. Kufr sistemasi esa, ilmoniy qatlamni ushlab qolish uchun insoniy qadriyatlarga yon bosish oʻrniga, islomiy muhitni ham zolim qilib koʻrsatish uchun musulmonlar nomidan yoki ular vositasida qoʻporuv ishlarini amalga oshirib, oʻz tarafdorlarini aldab boʻlsa ham saqlab qolmoqchi boʻlyapti. Chunki kufr sistemasi endi insoniylikka karab yura olmaydi. Negaki u mafkuraviy halokatga uchradi. Yaʼni uning mafkurasi amalda insoniyatni oʻz aqidasi bilan boshqara olmadi. Endi kufr sistemasi mafkuraviy kurashdan voz kechib, olamga iqtisodiy va harbiy bosim koʻrsatish strotegiyasini tanladi.

Yuqoridagi qoʻporuv amaliyotida va avvalgi bir necha qoʻporuvlarda ham, Qirgʻiziston va yana bir qator mamlakat fuqorolari gumon ostiga olina boshlandi. Bu oʻsha olamiy kufr sistemasining bir amaliyot bilan olamdagi bir necha oʻzi uchun manfaatli boʻlgan maqsadlarini amalga oshirib olishni koʻzlagan iflos niyatlariga dalolat qiladi. Bu gumon esa, mazkur amaliyotni faqat Turk hokimiyati amalga oshirmaganini anglatadi. Chunki Islomni olamga qoʻporuvchi qilib koʻrsatishni Turkiyaning maqsadi emas, bundan unga hech qanday manfaat yoʻq. Balki bu firibgarlik asosidagi vahshiy harakatlarni olamiy manfaat egalari boʻlgan yirik va yetakchi mamlakatlar qasd qilishgan. Demak bu yana davom ettirilishi kutilayotgan qoʻporuv amaliyotlaridan faqat kufr olamiy sistemasi manfaatdor!!

Izohlar yo'q