Saylov natijalari eʼlon qilindi, Oʻzbekistoning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev

0
892

Saylov natijalari eʼlon qilindi, Oʻzbekistoning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Markaziy Saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulugʻbek Abdusalomov Oʻzbekiston prezidenti saylovi natijalarini maʼlum qildi.

Uning maʼlum qilishicha, saylovda 17 million 951 ming 667 saylovchi ishtirok etdi va davomat 87,3 foizni tashkil qildi.

MSK raisi saylovchilarning 88,61 foizi Liberal-demokratlar partiyasi nomzodi Shavkat Mirziyoyev uchun ovoz berishganini eʼlon qildi. Shavkat Mirziyoyev nomzodini 15 906 724 kishi qoʻllab-quvvatlagan. Endilikda ushbu nomzod keyingi 5 yil muddatda Oʻzbekiston prezidenti hisoblanadi.

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi vakili Xatamjon Ketmonov va Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi vakili Narimon Umarov mos ravishda 3,73 (669 187 kishi) va 3,46 foizdan (619 972 kishi) ovoz toʻpladi.

Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod boʻlgan Sarvar Otamuratov 2,35 foizi ( 421 ming 55 nafar saylovchi) ovozi bilan toʻrtinchi boʻldi.

Izohlar yo'q