Rossiya va Xitoy BMT XKda Halab boʻyicha rezolyutsiyaga veto qoʻyishdi

781
0

Rossiya va Xitoy BMT XKda Halab boʻyicha rezolyutsiyaga veto qoʻyishdi

Rossiya va Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashida (XK) Suriyaning Halab shahrida vaqtinchalik sulhni koʻzda tutgan rezolyutsiya loyihasiga veto qoʻyishdi.

Hujjatga Venesuela ham qarshi chiqqan boʻlib, XKning 11 aʼzosi yoqlab ovoz bergan. Ular ichida AQSh, Buyuk Britaniya va Frantsiya bor. Angola esa betaraf qoldi.

Rezolyutsiya loyihasi harbiy harakat ishtirokchilari “kishilarning oʻlimiga yoki jarohat olishiga olib kelishi yoki fuqarolik obʼektlariga zarar keltirish ehtimoli boʻlgan barcha hujumlarni tezlik bilan va butunlay toʻxtatish”ni koʻzda tutadi.

Shuningdek, BMT XK roʻyxatiga kiritilgan terrorchilik guruhlari Halabning sharqiy qismini tark etishga majburligi ham belgilab qoʻyilgan. Hujjatda harbiy harakatlarda doimiy 48-soatlik tanaffusni joriy etish ham taklif qilindi.

Ovoz berish jarayonidan avval Rossining BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin Yangi Zelandiya, Ispaniya va Misr tomonidan taklif etilgan rezolyutsiya loyihaga veto qoʻyishni vaʼda qildi.

Avvalroq, rossiyalik siyosatchi hujjatni koʻrib chiqishni rossiyalik va amerikalik mutaxassislarning uchrashuviga qadar qoldirishni taklif qilgan. Uning taʼkidlashicha, RF TIV Sergey Lavrovning AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan Rimdagi uchrashuvida Sharqiy Halab boʻyicha rejani ishlab chiqishga kelishib olingan.

Turkiston:

Bu xalqaro siyosatdagi navbatdagi siyosiy nayrangdan oʻzga narsa emas. AQSh oʻzining stsenariysi boʻyicha, BMTni Suriya muammosiga nimadir qilishga harakat qilayotgandek, biroq veto huquqiga ega bir necha zolim davlatlar oʻz haq huquqlaridan foydalanishib, uning qoʻllarini bogʻlab qoʻyishayotgandek qilib koʻrsatmoqchi boʻlyapti. 11 sentyabr voqeasi yuz berib, bir necha ming odam halok boʻlganida, Afgʻoniston va Iroqqa qarshi urush ochishdan AQShni hech qanday veto qaytarib qola olmagan edi. Shomda esa, begunoh oʻlib ketayotgan odamlarning soni millionga qarab ketyapti! BMT goʻyoki bechora Suriyadagi musulmonlarga achinganidan joʻnatgan oziq ovqat karvonini ham, rus aviatsiyasi bombardimon qilib yoʻq qilib yuborgan emish.

Suriyadagi musulmonlarga qarshi olib borilayotgan urush Asad armiyasi, Rossiya, shialar yoki Eron tarafidan olib borilayotgan urush emas. Balki bu yuqoridagi xalqaro kufr sistemasi boshchiligida va bamaslahat olib borilayotgan Islom olamiga qarshi jahon urishidir. Dunyo musulmonlari buni anglab yetishmasin deb, atayin yuqoridagi kabi assambleyalardagi siyosiy spektakllar oʻylab topishadi. Ularning bor quvvati shu xalqaro qonunlarda. Yaʼni bu qonunni dunyo tan olayotganida. Islomiy yurtlar rahbarlari itoat qilish sharʼan harom boʻlgan bu xalqaro qonunlarni inkor qilishsa, xalqaro siyosat ham, xalqaro sistema ham aslida yoʻq ekaniga guvoh boʻlishar edi!

Ha, xalqaro qonun aslida yoʻq narsa. Bu quruq bir shakl, sistema! Yaʼni, maʼlum bir davlatlar manfaati uchun ishlaydigan, tashqarisidan qaraganda vahimali, lekin ichi boʻm bosh boʻlgan bir kufr mexanizmidir! Uning quvvati faqat bizlarning unga boʻlgan ishonchimiz, itoatimiz va umidimiz bilangina mavjuddir! Davlat rahbarlarimiz bu quruq mexanizmdan bizni qoʻrqitib kelishlari bilan ular (sistema) tomonidan dastaklanib kelishadi. Yonimizda turgan mazlum yoki oddiy suvga muhtoj birodarlarimizga oʻz holimizcha yordam bera olmaymiz! Yana oʻsha tashkilotlarga murojaat qilib, namoishlar oʻtkazib, ulardan biror najot kutamiz! Biz ularga murojaat qilib yana aldanayotganimizni ham bilamiz. Lekin shu bilan qalbimizni biroz aldagan boʻlamiz!

Aslida biz kufrdan kelayotgan zulmdan qutilish uchun yana oʻsha kufrning oʻzidan najot kutib, undan yordam soʻrashimizning oʻzi mantiqsiz ekanini anglab yetishimiz kerak! Aksincha, oʻzimiz saylagan yetakchilardan talab qilib, ularni xalqaro qonunni inkor qilishga undashimiz kerak! Faqat shundagina biz parda ortidagi yorugʻlik naqadar yaqin turgan ekaniga guvoh boʻlamiz!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.