Daʼvat yetkazuvchining halok boʻlgani haqida xabar

0
924

Daʼvat yetkazuvchining halok boʻlgani haqida xabar

Biz 2016 yil 22 sentyabr payshanba kuni qamaldagi Halabning musulmonlarni yomon koʻruvchi jinoyatkorlar uchoqlari tomonidan bombardimon qilinishi oqibatida Hizb ut Tahrir-Suriya viloyati markaziy aloqalar qoʻmitasi aʼzosi Mahmud Iyd Najjor (Abu Ubayda Shomiy)ning shahid boʻlganini Alloh Azza va Jallaning qazoi qadariga imon keltirgan holda maʼlum qilamiz.

Abu Ubayda Shomiy misoli jaholat zulmati uzra lovullab turgan nur va zulmatni yorituvchi ziyo edi. Islomdan nafratlanuvchi kuchlar uchoqlari bu nurni oʻchirmoqchi boʻlishdi… biroq bunga yoʻl boʻlsin ularga. Marhum Alloh Subhanahu va Taolo shariatini hokim qilish yoʻlida tinim va charchoq bilmay faoliyat qildi. Halabdagi qamal qilingan birodarlari bilan birga boʻlish uchun ahli-oilasi va yaqinlarini tark etdi, shu yoʻlda hayotini fido qildi. Halabda musulmonlarni oʻz qoʻzgʻolonlarida, dinlari ahkomlarida sobit turishga tinmay daʼvat qilib turdi. Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik tugʻilishini koʻzlarim bilan koʻray, deya Allohdan umid qilgandi. Biroq Alloh Oʻz irodasi bilan uning taqdiriga Halab shahriga vahshiylarcha bomba yogʻdirayotgan togʻutlar qoʻlida shahid boʻlishni yozgan ekan. Uni shunday deb hisoblaymiz, biroq hech kimni gunohdan pok deb Allohga daʼvo qilmaymiz.

Ey Abu Ubayda, Alloh sizni rahmat qilsin va anbiyolar, siddiqlar, shahidlar va solihlarga hamroh qilsin, ular bilan hamroh boʻlish naqadar yaxshi! Biz Hizb ut-Tahrir-Suriya viloyati aʼzolari, Islomni ishonchli qoʻriqchilari boʻlishga va Rosululloh A tariqatlari boʻyicha harakatimizni davom ettirishga avvalo Allohga, soʻng sizga vaʼda beramiz, yo Alloh Islom davlatini barpo etish bilan gʻolib qiladi, yoki ushbu davlat yoʻlda halok boʻlamiz. Alloh ushbu davlatni barpo etishimizga nasib etganda esa, siz Abu Ubaydani va musulmonlarni oʻldirgan, nomuslarini toptagan kimsalardan qattiq hisob talab qilamiz.

وَسَيَعْلَمُ الَّذِينَ ظَلَمُوا أَيَّ مُنْقَلَبٍ يَنْقَلِبُونَ

“Zolim kimsalar yaqinda qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib olurlar” [Shuaro 227]

وَاللَّهُ غَالِبٌ عَلَى أَمْرِهِ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

“Alloh Oʻz ishida gʻolibdir lekin odamlarning koʻplari (buni) bilmaydilar” [Yusuf 21]

Robbimiz rozi boʻladigan ushbu kalomdan oʻzga soʻz aytolmaymiz:

إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ

“Albatta biz Allohning bandalarimiz va albatta Oʻziga qaytajakmiz” [Baqara 156]

La havla va la quvvata illa billahil azim.

Hizb ut-Tahrir-Suriya viloyati matbuot boʻlimi

Skype: TahrirSyria

Elektron pochta: media@tahrir-syria.info – ahmadabdalwahab2@gmail.com

Suriya viloyati rasmiy sayti: www.tahrir-syria.info

Izohlar yo'q