Mursi umrbod qamoq jazosiga hukm etildi

464
0

 Muhammad Shirin Faxm raisligidagi Qohira jinoiy sudi Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursini Qatar foydasiga josuslik qilgani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm etdi.

 Sud yig‘ilishi Misr televideniyesi orqali bevosita namoyish etildi. Yana 6 nafar sudlanuvchilar osish orqali o‘lim jazosiga hukm etildi.

 Mazkur jinoiy ish bo‘yicha jami 11 kishi va Mursi tergov qilindi. Ulardan 3 nafari sirtdan sud qilindi. Sirtdan o‘lim jazosiga hukm etilganlardan 3 nafari jurnalistlar bo‘lib, ulardan ikki nafari “Al-Jazira” telekanali xodimlari Ibrohim Xilol va Alya Sabalyanlardir. Uchinchisi “Rasad” axborot manbasi jurnalisti Asma al-Xatibdir.

 Sobiq prezident va Misrda faoliyati ta‘qiqlangan “Musulmon birodarlari” harakatidagi izdoshlari, Mursi davlatni boshqarib turgan vaqtda mamlakatni kuchsizlantirish maqsadida Misr maxsus xizmati faoliyati va armiyasiga tegishli o‘ta mahfiy hujjatlarni Qatar razvedkasiga yetkazib bergan degan ayb qo‘yildi.

  Sudlanuvchilar ushbu ayblarni tan olmagan va yangi hukumat o‘ylab topgan ayblar deb atagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.