Qirol Salmon Anqaraga tashrif buyurdi

0
546

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdug’onning taklifiga binoan Anqaraga keldi. Uni Anqarada shaxsan Prezident Erdug’onning o’zi kutib oldi.

 Qirol eng hashamatli mehmonxonalardan biri, Prezident saroyiga 1 kilometr yaqin masofada joylashgan “JW Marriot” mehmonxonasining 450 kvadratmetrlik “Royal Griffin Suit” nomli qarorgohiga joylashdi. Mehmonxonaning xavfsizligi yuksak darajada ta’minlangan. Xona devorlari bomba portlashiga chidamli, xonaning deraza oynalari esa o’q o’tmas zirhlidir.

Qiroldan avval uning shaxsiy narsalari yuk (kargo) samolyoti orqali etib keldi. Mehmonxonada tayorgarliklar ishlari bir muncha avval boshlangan. Mehmonxona xavfsizligini ta’minlash va qirolni joylashtirish ishlari uchun 300 kishilik delegatsiyasi bir hafta oldin Saudiyadan Anqaraga etib kelgan edi. Qirolning xos guruhi Mehmonxonadagi har bir ishni o’z qo’liga olgan. Mehmonxona faqat qirol Salmon uchun ajratilgan. Qirol vakillari Anqara va Istanbulda Qirol Salmon foydalanishi uchun o’nlab “Mercedes”, “BMW” va “Audi” markali lyuks mashinalarni yollashdi.

Bugun Qirol Salmon bilan prezident Erdug’on uchrashib muzokara o’tkazgani aytilmoqda. Prezidentlik manbasidan olingan xabarga ko’ra, uchrashuv chog’ida ikki rahbar o’rtasida o’zaro munosabatlar, shuningdek, Suriyadagi vaziyat, qochqinlar masalasi, “terrorchi” guruhlarga qarshi tashlanadigan qadamlar hamda mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilingan. Qirol Salmon Anqarada prezident Erdug’on bilan delegatsiyalar o’rtasida va yopiq eshiklar ortida muzokaralar olib borgandan so’ng matbuot anjumani o’tkazishi kutilmoqda.

Qirol Salmon 14-15 Aprel kunlari Istanbulda bo’lib o’tadigan Islomiy hamkorlik tashkilotining 13- Islomiy Sammitiga ishtirok etadi.

Izohlar yo'q