Hukumat matbuot xizmati boshlig’i Baqit Asanovning xabar berishicha, Davlat chegara xizmati raisi Raimberdi Duyshonbiev prezident Almazbek Atambaev va bosh vazir Temir Sarievga O’zbekiston Axsi tumanidagi Chalasart hududidan o’z askarlarini to’lig’icha chiqarib ketgani to’g’risida ma’lum qildi.
O’zbekiston tashabbusi bilan 25 mart kuni “Qizilqiya avtoyo’l” chegara o’tkazish bo’linmasida Qirg’iziston chegara xizmati rahbari Duyshonbiev va O’zbekiston milliy xavfsizlik xizmatining chegara qo’mitasi boshlig’i Rustam Eminjonov o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tgan edi. Bu uchrashuv ortidan 26 mart kuni O’zbekiston bahsli hududdan o’z askarlarini chiqarib oldi. Qirg’iziston rasmiylar O’zbekiston hech qanday shart qo’ymaganligi va Qirg’iziston esa hech qanday majburiyatni zimmasiga olmaganlarini ma’lum qilishdi.
Xo’sh, shu bilan muammo xal bo’ldimi? Albatta, yo’q. Bunday deyishimizga sabab Qirg’iziston uchun ham, O’zbekiston uchun ham “og’riqli nuqta” bo’lgan chegara muammosi sobiq sho’rolar davlatidan meros bo’lib qolgan. Xudosiz kommunistlar hukumati azaldan bir Ummat vakillari bo’lgan, dini bir, bozori va mazori bir, qavmu-qarindosh va quda-anda bo’lib kelgan Markaziy Osiyo xalqlarini boshqarish oson bo’lishi uchun ularni besh respublikaga bo’lib, oralariga sun’iy chegaralar tortib chiqdi va bu respublikalarni doimo o’z ta’siri ostida ushlab turish uchun ularni bir-biriga chambarchas bog’liq qilib tashladi. Qishloq xo’jaligiga asoslangan va asosiy ekini paxta bo’lgan O’zbekiston uchun zarur bo’lgan suv omborlari va gaz saqlash er osti omborlarini Qirg’iziston hududida, Qirg’izistonda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini taqsimot markazini esa O’zbekiston hududida joylashtirdi va bular ustidan qat’iy nazorat o’rnatdi. Garchi sho’rolar davrida chegara shunchaki ramziy ma’noni anglatlan bo’lsada, bir Ummat vakillarini qirg’iz, o’zbek, qozoq, tojik va turkman qilib bo’lib chiqdi va ularni asosiy robitasi Islom aqidasidan tamoman uzib tashlashga asosiy e’tiborini qaratdi.
Yaratuvchini inkor qilish asosiga qurilgan sho’rolar davlati zavolga yuz tutib bu respublikalar “mustaqillik”ka erishishgach hokimiyat tepasiga kelgan hokimlar ham o’z taxtlarini saqlab qolishda sho’rolardan meros bo’lib qolgan millatchilik va vatanparvarlik fikrlaridan keng foydalanib, har bir respublika o’ziga xos “milliy mafkura” va “milliy g’oya” ishlab chiqish orqali bir Ummat o’rtasidagi xudosiz tuzumdan qolgan jarlikni sun’iy ravishda kengaytirib kelishmoqda. Oddiy xalq bundan faqat aziyat chekmoqda.
Bunday bo’linish va millatchilikdan esa kufr davlatlari o’zlari uchun kerak bo’lgan vaqtda samarali foydalanib qolishlari mumkin. Kuni kecha bo’lib o’tgan qirg’iz-o’zbek chegarasidagi xodisa ham O’zbekiston hukumati o’zicha hal qiladigan ishlar sirasiga kirmaydi. Buning uchun AQSh yoki Rossiyani ruxsati yoki hech bo’lmaganda sukut saqlab turishi zarur bo’ladi. Kufr davlatlari esa o’zlariga kerak bo’lgan vaqtda u yoki bu respublikaga bosim o’tkazish va o’z yo’llariga yurishga majbur qilish uchun chegara va boshqa muammolardan foydalanishadi.
Markaziy Osiyo mintaqasida yashayotgan musulmonlar Rossiya yoki AQShdan najot kutish o’rniga ota-bobolarimizni birlashtirib bosqinchilarga qarshi kurashishga undagan Islom dini va aqidasi ostida birlashib bunday kufr tuzumini uloqtirib tashlamagunimizcha bu kabi etakchi kufr davlatlar qo’lida o’yinchoq bo’lib qolaveramiz.