Qirg’izistonda ushbu yil mamlakat hududida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) “Tinchlik missiyasi-2016”ga a’zo davlatlar bo’linmalari bilan qo’shma harbiy amaliyotlar o’tkazish uchun tayyorgarlik ishlari boshlandi.
“Bugun (15 mart, 2016) respublika qurolli kuchlari jangovor tayyorgarlik Markazi bazasida Qozog’iston, Xitoy, Qirg’iziston, Rossiya va Tojikiston harbiy kuchlari vakillari ishtrokida terrorizmga qarshi qo’shma harbiy amaliyotlar o’tkazish uchun tayyorgarlik ko’rish masalasida muzokaralar boshlandi”, – deb ma’lum qildi Qirg’iziston qurolli kuchlari Bosh shtabi.
Reja bo’yicha, Bishkekdagi shtab muzokaralari 17 mart kuni uchrashuv yakuniy protokoli bilan nihoyasiga etadi.
“Tinchlik missiyasi-2016” terrorizmga qarshi qo’shma harbiy-shtab o’quv amaliyotlari bu yil Qirg’iziston hududida 5 sentyabrdan 13 sentyabrgacha 20636 harbiy qism bazasida bo’lib o’tadi.
Turkiston:
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15 martdan Suriyadan Rossiyaning asosiy kuchlarini olib chiqishni boshlashga buyruq berdi. Garchi Putin Suriyada havo hujumlarini boshlashdan oldin asosiy maqsad “IShID” tashkilotini yo’q qilish ekanligi to’g’risida jar solgan bo’lsada, rus uchuvchilarining asosiy nishoni maktab, bolalar bog’chasi, nonvoyxona va kasalxonalar bo’ldi. Rus uchuvchilari Suriyada minglab harbiy parvozlarni amalga oshirib, yuzlab marralarni yo’q qilganini da’vo qilgan bo’lishiga qaramay, bu hujumlardan “IShID” deyarli zarar ko’rmadi. Chunki, Rossiyaga bombalanishi va yakson qilinishi kerak bo’lgan nuqtalar AQSh tomonidan qat’iy belgilab berilgan edi. Rossiya Suriyaga AQSh ko’rsatmasi asosida kirdi va uning topshirig’iga asosan u erda jang olib bordi. Bundan ko’zlangan maqsad esa besh yildan buyon kufrga qarshi mardonovor kurashib kelayotgan islomiy kuchlarni tiz cho’ktirish edi.
Bugunga kelib, Rossiya AQSh izni bilan Suriyadan chiqib ketishga qaror qildi. Rus hukumati Suriyadan so’ng asosiy e’tiborini Markaziy Osiyo mamlakatlariga qaratishi aniq. Rossiya uchun bu mintaqada o’z nufuzini saqlab qolshni yagona yo’li harbiy bosim o’tkazishdan iborat xolos. Shu sababli ham bu mintaqada birin-ketin harbiy mashg’ulot va tayyorgarliklar o’tkazib kelmoqda. Ayni kunlarda, ya’ni 15 martdan 20 martga qadar Tojikistonning Xatlon garnizonida keng ko’lamli Tojikiston-Rossiya harbiy o’quv mashg’ulotlari boshlab yuborildi. Har qanday hamkorlikda o’tkaziladigan harbiy mashg’ulotlar esa muayyan maqsadlar sari yo’naltirilgan bo’ladi.