Misr prezidenti MRB rahbari bilan uchrashdi

481
0

Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi AQSh markaziy razvedka boshqarmasi (MRB)ning rahbari Jon Brennan bilan uchrashdi. Xabarga ko’ra, uchrashuvdan maqsad mahalliy va mintaqaviy darajadagi masalalarni muhokama qilishdir.

MRB rahbari Brennan Yaqin Sharq muammosini hal qilish borasida Qohiraning mintaqaviy va xalqaro roli o’ta muhim ekanligi haqida alohida to’xtalgan. Bu haqida Misr prezidentining kotibi A’lo Yusuf tarafidan berilgan bayonotda ma’lum qilindi. Brennanga ko’ra, Misr va AQSh o’rtasidagi strategik munosabatlarning mustahkamlanishi maqtovga sazovardir.

Misr razvedkasi bo’limining boshlig’i ham uchrashuvda ishtirok etdi. Mavzuga doir bayonot bergan prezident as-Sisi Misr hukumati AQSh bilan aloqa doirasini kengaytirishga mushtoq ekanligini ta’kidlab o’tdi.

“Misr AQSh bilan strategik munosabatlarini kuchaytirishni sabrsizlik bilan kutmoqda”, dedi Misr prezidenti.

As-Sisi bayonoti davomida Sinay yarim orolidagi “jangarilar” faoliyatiga qarshi olib borilayotgan kurashlar davom ettirilishini ham aytib o’tdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.