Bugungi kundagi Qirg’izstonnin siyosiy holati qanday?

602
0

Bugungi kundagi Qirg’izstonnin siyosiy holati qanday?

Assalomu alaykum tahririyat. Bugunki kunda televideniyada ko’p tilgan olinayotgan mavzu (Islom xavfi bo’lip koldi)

1 savol: bu gap qanchalik haqiqatga yaqin va davlat bundan nimani nazarda tutyapti?

2 savol: Bugungi kundagi Qirg’izstonnin siyosiy holati qanday?

Va alaykum assalom, islomiy muhit nafaqat Qirg’izistonda balki butun islomiy va g’oyriislomiy yurtlarda juda tez sur’atda kuchayib borayapti.

Islomiy yurt hukumatlari esa, islomiy muhit bilan mutanosib borishdan bosh tortishib, kufr ko’rsatmalari va bosimlari ostida, Islom va musulmonlarga qarshi har turli noto’g’ri siyosatlar yurgizib borishayapti. Natijada ushbu yurtlar fuqorolarida, islomiy yurt hukumdorlariga nisbatan, islomiy qarshilik muhiti shakillanib borayapti.

Kufr olami etakchi davlatlari esa, ushbu hukumat bilan xalq o’rtasidagi jarlikni kengaytirib olishib, ba’zida muayyan bir mamlakat hukumatlariga bosim berish maqsadida, o’sha yurt musulmonlariga o’zlari qurollar etkazib berishib, hukumatga shu yo’l bilan bosim o’tkazishga harakat qilishadi. U etakchi kufr davlatlari, mobodo islomiy jangarilar bilan aloqa o’rnata olishmasa, o’zlari ularning nomidan qo’poruv ishlarini uyushtirib yuborishadi.

Har ikkala holatda ham natija bir xil. Ya’ni kufr etakchi davlatlari o’z manfaatlari yo’lida shu qo’poruv amaliyotini bevosita yoki bilvosita amalga oshirish bilan tahdid qiladi. Islomiy yurt hukumdorlari esa, shulardan xabardor bo’la turishib, yana musulmonlarni jazolash bilan cheklanib, haqiqiy jinoyatchilar bilan hamkorlik qilishga intilaverishadi.

Yuqoridagi savolga kelsak: Qirg’iziston ham xuddi yuqorida keltirib o’tgan islomiy yurtlarning biri. U yurtda ham bir necha kufr etakchi davlatlarining manfaatlari bor. Ularning har biri Qirg’iz hokimiyatiga bosim berib kelishayapti. Buni yaxshi anglab etib kelishayotgan hukumat vakillari, kufr o’ylab topgan islomiy jamoalarning ish faoliyati, ular vahima qilishayotgan darajada emas ekanini yaxshi bilishadi. Lekin kufr quvvatining qanchalar kuchli va ta’sirli ekanini va Qirg’iziston davlatining qanchalar zaif ekanini juda yaxshi bilishadi. Shuning uchun ular ham osongina hamma ayblarni Islom va musulmonlarga ag’darib qo’yish siyosatini tutmoqchi bo’lishdi.

Bu Islomga qarshi kurash, avval matbuot hujumi bilan boshlanadi. So’ng yana matbuot orqali mafkuraviy kurash kuchaytiriladi. Albatta ularning mafkurasi bo’lsa. Lekin mazkur holatda, Qirg’iz hukumatining o’z mafkurasi yo’q. Shuning uchun u faqat buzuqchilikni kuchaytirishga harakat qildi. Buzuqchilik deganda (navroz, yangi yil, valentin kuni…..) islomdan tashqaridan bo’lgan barcha amallar nazarda tutiladi. Shu bilan bir qatorda, islomiy qadriyatlarni (hijob, saqol, nikoh, namozdan qaytarish ishlari… kabi) jamiyatimiz urfidan surib chiqarish uchun bir qator harakatlar ham olib borishmoqda.

Lekin islomiy xavf xatarlar, aslida ular aytishayotganlaridek emas. To’g’rirog’i aslida kufr tomonidan, yoki unga suyanib hukumatlarimiz tomonidan olib borilayotgan siyosiy nayranglar oqibatidan keladigan xavf xatarlar kuchayib bormoqda.

 Islom, musulmolarni bir birlariga qarshi qurol ko’tarishdan man qiladi. Endi hukumat vakillari o’zlari musulmon bo’lgan hollarida, boshqa o’zlariga o’xshamagan musulmonlarni o’ldirishsa, ularni tahqirlashsa, qamab, oila a’zolarini qiyin ahvolda qoldirishsa, islomiy shar’iy hukmlarni oyoq osti qilishsa. Albatta kufr, endi musulmonlardan ehtiyot bo’l, ular sendan qast olishmoqchi desa, qo’rqadida. Aslida faqat zulm, mazlumlar tomonidan zulm qaytishiga sabab bo’ladi.

Qirg’izistonning siyosiy holati maqolalarda yoritilib kelinayapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.