Rossiyaning Suriya masalasida tuzgan siyosiy rejalari

0
465

So’nggi bir oy ichida Suriya inqiroziga siyosiy echim topish haqida muzokaralar va uchrashuvlar ancha ko’payib borayotgani kuzatilmoqda. AQSH, Rossiya, Turkiya va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirlari ishtirokida Venada tashkil qilingan uchrashuvda bayzi takliflar o’rtaga tashlandi.

Etakchi davlatlar to’planishib Suriya masalasiga siyosiy echim topish ustida bosh qotirar ekan, bu borada tuzilgan rejalar oshkor bo’la boshladi. Londonda chiqadigan ash-SHarqul Avsat gazetasi Rossiyaning Suriya borasida tuzgan rejalari haqida habar tarqatdi. Shu vaqtgacha Rossiya Asadning iqtidordan chetlatilishi haqida og’iz ochmagan edi. Ammo yopiq eshiklar ortida oshkor qilingan rejada Rossiya Asadni urush jinoyatlari borasida sudga tortilishidan saqlab qolish uchun diplomatik qadam tashlayotgani maylum bo’ldi.

Ash-SHarqul Avsat gazetasining yozishicha, Rossiyaning Suriya borasida tuzgan va bir necha banddan tashkil topgan rejalari quyidagilardan iborat:

Suriya muholifati va Asad kuchlari o’rtasidagi barcha janglar va qarama-qarshiliklar muzlatiladi.

Suriyadagi barcha muholif guruhlar janglarni to’htatish uchun o’z ulushlarini qo’shishga dayvat qilinadi. Echimni rad qilganlar “hujumga tutiladiganlar ro’yhati”ga kirgiziladi va ularga qarshi qurolli kurash olib boriladi.

Suriyada hoh Asad kuchlari tarafidan bo’lsin, hoh muholifat tarafidan bo’lsin, mintaqalardagi harbiy qamallar olib tashlanadi.

Suriyadagi qaysi tarafga bo’lsa ham yordam berayotgan davlatlar qurol aslaha yordamini to’htatadi.

Muholifat vakillari va Suriya ozod armiyasi ishtirok etadigan diolog konferentsiyasi tashkil qilinadi. Konferentsiyada barcha mahbuslarni ozod qilish, parlament-prezident saylovi rejasini tuzish, umumiy avf eylon qilish va Suriya birlik hukumatini tashkil qilish masalalari ko’rib chiqiladi.

Rossiya tarafidan Suriya ichidagi va tashqarisidagi barcha muholif guruh ayzolari, faollar va jangchilar uchun umumiy avf eylon qilish kafolati beriladi. Buning evaziga muholifat Asadga qarshi urush jinoyatlari uchun dayvo ochmaydi.

Suriyada rejim va muholif kuchlar hamkorlikda milliy mudofaa kuchlarini tashkil qilish borasida kelishib olishadi. Suriya ozod armiyasi va boshqa muholif guruhlar Suriya armiyasi va havfsizlik kuchlariga qo’shiladi.

Rossiya tinchlikni tayminlagan davlat sifatida oldinga chiqishni istaydi. SHunga ko’ra, BMT havfsizlik kengashidan kerakli qarorni olgandan so’ng Rossiya tinchlik rejasini amalda joriy qilishni kafolatlash maqsadida Suriyadagi vujudini davom ettiradi.

Izohlar yo'q