Qirg’izistonning janubiy qismida, hukumat vakillari qonunni oyog’ osti qilib yuborishdi. Buni ko’rib turgan organ xodimlari ham juda haddilaridan osha borishayapti. Negaki hukumat vakillari tomonidan olib borilayotgan barcha iflos amaliyotlar, o’sha xavfsizlik tizimimizni himoyachilari bo’lgan kuch strukturalarining biror tarmog’i vositasida olib boriladi. Misol uchun, Roshod qori Kamolov ustida borayotgan sud jarayoni, u odamga qo’yilgan ayblarning birortasi tasdiqini topa olmayotgani, mantiqqa loyiq kelmayotgani va har tomonlama deyarli barcha diniy arboblar tomonidan va diniy olim yoki eksper deb tan olingan xodimlar tomonidan Roshod qorining harakat va so’zlari noqonuniy emas ekani isbotlab bo’linganiga qaramay, u kishini hatto sud jaroyoni mobaynida vaqtincha uy qamog’iga chiqarishga ham ruxsat berishmayapti. Bunaqangi sharmandalik sud jaroyoni, Qirg’iziston hukumatchiligining o’ta zaif va nochor ekaniga dalolat qiladi.
Hukumatning dindorlarga qarata olib borayotgan bu kabi nosog’lom hatti harakatlarini ko’rib bilib turgan militsiya xodimlari ham ulardan o’rnak olib, O’sh viloyati bo’ylab jamiyatning zaif qatlam vakillari bo’lgan asosan O’zbek millati vakillari farzandlarini noqonuniy yoki qonunni o’zlariga munosib qilib burmalab olib bir chetdan yana to’nay boshlashdi.
Ular Abdullohni mahkamaga olib borib, uni Suriyadagi qandaydir noma’lum odamdarga qo’ng’iroq chalishga va gaplashishga majbur qilishgan. Qattiq kaltaklashgani sabab, Abdulloh Qorasuv rayon kasalxonasiga yotib davolanishga majbur bo’lib qoladi. Shu kundan boshlab yuqoridagi amaliyotni olib borgan to’rt militsiya xodimi, bu ishni eplab yopib yuborish uchun bir qator kelishish uchun harakatlar olib borishgan.
Mamirjon Nurmatov ularning harakatlariga rad javobini berib, bu ishni keng jamoatchilikka tarqatib yuborish bilan bir qatorda Prizidentga va boshqa yuqori lovozim egalariga maktub orqali murojaatnoma yozib yuboradi. Lekin natija u kishi kutgandan boshqacharoq tus olib ketadi. Prizident va jamoatchilik yuziga oyog’ qo’yib, yuqoridagi to’rt militsiya xodimlari o’zlari ishtirok etib, 10 sentyabr kuni DMXX (Davlat milliy xavfsizlik xizmati) vakillari vositasida, Abdulloh Nurmatovning nomiga Suddan sanktsiya olib bostirib kelishadi. Endi ular ochiq qasoss olish uchun, butun kuch strukturalarini ishga sola boshlashdi.
Buning uchun albatta ularda, hatto DMXX tashkilotini ham ishga solib yubora oladigan yuqorida homiylari bor ekani aniq. Balki hatto ularni hukumatning o’zi musulmonlarga qarshi yollab ishlatib kelayotgan bo’lishi ham ehtimoldan holi emas.
Ular mahallani spetsnaz yordami bilan har tomonidan to’sib olishib, Nurmatovlar uyida taqriban 4 soat vahimali tintuv o’tkazishadi. Tintuv jaroyonida Nurmatovlar xonadonidan deyarli noqonuniy hech narsa topisha olishmaydi. Shunga qaramay o’sha kuni Abdulloh, DMXX qamoqxonasiga qamab qo’yildi.
Nurmatov Mamurjon kabi chin iymonli insonlar, jamiyatdagi borayotgan iflos unsurlar uchun ulkan to’g’anoq bo’lib keladi. Ular o’z xarajatlarini sarf qilib, jonlarini xavf ostiga qo’yib, qamoqxonalarda mahbus bo’lib, boshqa yuzlagan, boshiga shu kabi ish tushganida minglagan dollor pul to’lab ishni yopib yuborgan musulmonlar uchun yoki hali farzandi u iflos xodimlar qo’liga tushmagan otalar uchun qolqon bo’lib kelishadi. Olloh u kabi Musulmon birodarlardan rozi bo’lsin va ularga nusrat berib, ishlarida sobit va g’olib qilsin. Bu kabi ochiq zulmlarga guvoh bo’lib turgan musulmonlar uchun, hech bo’lmaganda bu er yurak birodarlarimizdan o’rnak olib biz ham bu kabi zolimlarni jamiyatdan surib chiqarish uchun harakat qilishimiz vojib bo’ladi. Hech bo’lmaganda u zolimlarni qalbimizda yomon ko’rib, bir so’z bilan bo’lsa ham imkoniyatimiz darajasida mazlumlarga yordam ko’rsatishimiz vojib.
Payg’ambarimiz SAV “munkar ishni ko’rsalaring qo’llaring bilan qaytaringlar, qo’llaring bilan qaytara olmasalaring tillaring bilan, unga ham qodir bo’lmasalaring dillaring bilan yomon ko’ringlar lekin bu iymonning eng zaifi” dedilar.