1 Hurmatli Islom Abu Xalil, Assalomu alaykum, avvalo o’zingizni tanishtirsangiz, so’ngra o’z hayotingiz haqida qisqacha gapirib bersangiz.
Javob: Va alaykum assalom va rohmatullohi va barakotuh. Men Islom Abu Xalil 1984 yil O’zbekistonning Farg’ona vodiysida tug’ilganman. Oilali, to’rt farzand otasiman.
2005 yilda Hizb ut Tahrir siyosiy partiyaga a’zoligim sababli Rossiya FXX (FSB) tomonidan qo’lga olindim. 282/2 (Ekstremizm) va 205/1 (Terrorizm) moddalari bo’yicha ayblov bilan 4,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindim. Jazo muddatini o’tab, qamoqdan chiqqanimdan so’ng Shvetsiyada siyosiy boshpana olganman va hozir poytaxt Stokgolmda yashamoqdaman. Hozirda Hizb ut-Tahrir a’zosiman va Hizb bilan bo’lgan siyosiy faoliyatimni faol olib boryapman.
- Siz qachondan beri Hizb ut-Tahrir a’zosisiz? Hizbning asosiy maqsadlari nimalardan iborat?
Javob: Men Hizb ut Tahrir bilan birgalikdagi siyosiy faoliyatimni 2000 yilning boshlarida boshlaganman. Hizbut Tahrir esa Islom mabdasiga asoslangan siyosiy hizb (partiya) bo’lib, Rasul SAVning Madinai Munavvarada birinchi Islomiy davlatni barpo qilishlaridagi tariqatlarini namuna qilib olgan holda Islomiy Xalifalik davlatini barpo qilish orqali Islomiy hayotni qayta boshlash uchun faoliyat olib boradi.
Ozgina tafsiloti bilan shuni aytmoqchimanki: Musulmonlarning muammolari va Islomiy ummat yashayotgan hozirgi voqelikni o’rganib chiqilgandan keyin Hizb bu muammolarning sababi Islom bilan boshqarish yo’qolganligiga borib taqaladi, degan xulosaga keldi. Shar’iy dalillarni, Qur’on va Sunnatdan nususlarni ko’rib va o’rganib chiqqandan keyin bildikki, musulmonlar zimmasiga vojib bo’lgan narsa ularning shunday bir hokimi (Xalifasi) bo’lsinki, ularni nima isloh qila olishini to’g’ri anglagan xolda Yaratuvchi tomonidan bo’lgan Islom ahkomlari bilan boshqarsin va etakchilik qilsin. Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, Hizb ut-Tahrirni maqsadi bu – payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo qilish orqali Islomiy hayotni qayta boshlash va Islomni fikriy qiyodat sifatida da’vatu jihod orqali butun olamga olib chiqishdir.
- Uskudarda (Turkiyada) o’tkazilgan konferentsiyada asosiy e’tibor nimaga qaratildi?
Javob: “Hizb ut-Tahrir Turkiyada «Prezidentlik nizomimi yoki roshid Xalifalik davlatimi?» nomli konferentsiya tashkil qildi. Bu konferentsiyada juda ko’p kishi qatnashdi, mamlakat ichkarisi va tashqarisidan mehmonlar kelishdi. Odamlarning ko’pligi sababli yuzlagan kishilar konferentsiya zaliga kira olmasdan, konferentsiya faoliyatlarini zal lobbisidan kuzatishga majbur bo’ldilar. Konferentsiya Qur’oni Karimni yoqimli oyatlarini tilovat qilish bilan boshlandi. Undan keyin Hizb ut-Tahrir amiri, buyuk olim Ato ibn Xalil Abu Rashtaning shu konferentsiya uchun maxsus yuborgan maktubini eshitdilar. Xalifalik ummat uchun juda muhim ekanligini bayon qilganlaridan keyin, haqiqiy Xalifalik bilan soxtasini o’rtasini ajratish lozim ekanligi aytib, shunday dedilar: “Xalifalik noma’lum va quloq eshitmagan narsa emas. U shunday bir alohida nizomki, Payg’ambar S.A.V. uni bayon qilib berganlar va u Zotdan keyin Xulafoi roshidinlar o’sha nizom asosida yurganlar. Xalifalik u – imperatorlik rejimi ham, qirollik ham emas, prezidentlik yoki parlamentlikka asoslangan jumhuriy nizom ham emas. Allohni qo’yib, o’zi qonun ishlab chiqaradiga demokratiya ham, diktatura ham va bulardan boshqa insoniyat tarafidan ishlab chiqilgan qandaydir nizom emas… u shunday bir Xalifalikki, qonlarni himoya qiladi, or-nomuslarni va mol-mulkni asraydi, o’z zimmasidagi narsani bajaradi. Bay’atni majburlash orqali emas, balki rozilik va saylash orqali oladi. Odamlar undan xavfsirab qochishmaydi, aksincha, unga tinch-xavfsiz bo’lgan holda hijrat qilishadi…“ so’ngra konferentsiya qatnashayotgan mehmonlar tomonidan ketma-ket tabrik so’zlari yangradi, Xalifalikning muhimligi va qayta tiklanishi zarur ekanligi ta’kidlandi hamda Xalifalik qulatilgan 1924 yil 3 mart kuni xotirlandi. Xalifalik noma’lum va belgilari noaniq fikrat emas, balki Muhammad SAV amaliy jihatdan tatbiq qilgan va u Zotdan keyin Xulafoi roshidinlar va ulardan keyingi Xalifalar to XX asr boshlarigacha XIII asr davomida tatbiq qilib kelgan boshqaruv shaklidir. Yana Xalifalik nizomi bilan qirollik, federatsiya sistemalari o’rtasidagi, shuningdek, Xalifalik bilan imperatorlik nizomi o’rtasidagi farqlar ochib berildi.
Konferentsiya mehmonlari Xalifalikning nafaqat musulmonlarga, balki butun bashariyatga muhimligi haqida so’zladilar.
- Hizb ut-Tahrir nima uchun O’rta Osiyoda diniy ekstremistik tashkilot deb e’tibor qilinadi? Bu borada hizb vakili sifatida nima deya olasiz? Hizb O’rta Osiyoda olib borayotgan sa’y-harakatlari va kelgusidagi rejalari nimalardan iborat?
Javob: O’rta Osiyo mamlakatlaridagi hokimlar hokimiyatni yolg’on va aldov bilan qo’lga oldilar va uni kuch bilan ushlab turibdilar. Ularda Hizb ut-Tahrir ko’tarib chiqayotgan fikrlarga qarshi qo’yadigan mafkuraviy asos yo’q. Agar esingizda bo’lsa, jinoyatchi Karimov (O’zbekiston prezidenti) qachonlardir hizbga qarshi fikriy kurashishini aytgan edi, lekin biz shu paytgacha O’zbekistondagi hukumat – va undan boshqa musulmonlar yurtlaridagi hukumatlar ham – Hizb ut-Tahrir yigitlarini va boshqa musulmonlarni ta’qib qilib, ularga jismonan tajovuz qilib, qamab, azoblab, hatto o’ldirayotganini ko’rmoqdamiz. Bugungi kunda bu ish erkaklargagina cheklanib qolmasdan, balki Qirg’iziston, Suriya va boshqa joylarda bo’layotganidek, ayollar va yosh bolalarni ham ushlab, qamoqqa tashlashga o’tdi.
Mana bu zolimlar o’zlarining jinoyatlarini xaspo’shlash hamda Hizb ut-Tahrirga qarshi kurashishda qonuniylik tusini paydo qilish maqsadida malomatchining malomatidan va zolimning zulmidan qo’rqmay ochiq haqiqatni gapirayotgan va ularning jinoyatlarini ochib tashlayotgan Hizb ut-Tahrirga tuhmat qilmoqdalar.
Hozirgacha voqelikda Hizb ut-Tahrir Alloh Subhonahu va Taolo harom qilgan qandaydir amalni qilganligi haqida birorta ishonarli hujjat va holat yo’q.
Hizb ut-Tahrir o’z manhaji va tariqatida ikkilanmay davom etmoqda va mana bu jandarm davlatlardagi jinoyatchi organlar olib borayotgan ishlarga parvo ham qilayotgani yo’q.
Hizb yigitlariga yolg’on ayblov yopishtirish va qamoqqa olish uchun uylariga va kiyim-kechaklariga narkotik va qurol-yaroqlar tashlab qo’yishayotganiga qaramay, bu narsa ularni Nabiy SAVning tariqatlari asosida faoliyat olib borishdan to’xtatmadi va to’xtata olmaydi ham.
Yigitlar qo’lga olingan paytlarida ulardan Hizb kitoblari va nashralarini topishmoqda. Bu kitoblar – o’qishni xohlovchilar uchun turli tillarda mavjuddir. Zero, Hizb Islom Nizomi, Islom Davlati, Islomda Boshqaruv Nizomi, Ta’lim Nizomi, Ijtimo Nizomi, Iqtisod Nizomi kabi o’nlab tabanniy qilingan kitoblarni nashr qildi. Shuningdek, yuzlab tabanniy qilinmagan kitoblar, minglab siyosiy tahlillar, matbuot bayonotlari va boshqalarni nashr qildi.
Mamlakatlarimizning jinoyatchi hokimlari bu kitoblar va nashralarni terrorga undovchi ekstremistik adabiyot sifatida ko’rsatmoqchi bo’lmoqdalar va ularni o’qigan har bir odamni ta’qib qilmoqdalar. Nima uchun? Chunki bu kitob va nashrlar o’zida haqiqatni jo qilgan, bu hokimlarda esa bizning fikrlarimizni inkor qila oladigan fikrat yo’q. Mana shuning uchun ular yigitlarimizni qamash uchun bizga tuhmat qilishdan o’zga chora topisholmayapti.
Hizb ut-Tahrir Payg’ambar SAV tariqatlari asosida fikriy va siyosiy kurash olib bormoqda. Bu ishlar o’z samarasini berishi uchun, Hizb bir paytlar Islom davlati bo’lgan, musulmonlar yashaydigan mamlakatlarda Xalifalikni qayta tiklash osonroq bo’lishini e’lon qilib, bu mamlakatlarga majol, deya nom berdi. Bular: Suriya, Iroq, Iordaniya, Misr, Pokiston kabi mamlakatlardir va Hizb bu davlatlarda Xalifalikni qayta tiklash uchun siyosiy kurash olib bormoqda. Ammo Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika davlatlari kabi majol bo’lmagan boshqa mintaqalarda esa Hizb ut-Tahrir Hizb fikrlarini tushuntirish va Islomni yoyish bilan fikriy ishlar olib bormoqda. Bu davlatlar Hizb Xalifalikni dastlab barpo qilish uchun faoliyat olib boradigan joy, deb, e’tibor qilinmaydi.
Ha, O’zbekiston – Xalifalik uchun tayanch nuqtasi bo’lishga yaroqlidir. Negaki, O’zbekiston musulmonlari Islomni sevadilar va o’z dinlariga intiladilar. Davlat resurslari o’z fuqarosini ehtiyojlarini ta’minlashga va ularni har qanday tashqi dushmandan himoya qilishga qodir.
- Hizb ut-Tahrir xalqaro huquq himoyachilari tashkiloti bilan hamkorlik yo’lga qo’yganmi? Va u tashkilotlar qaysilar?
Javob: Aslida Hizb biror xalqaro inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar bilan hamkorlik qilmaydi, aksincha, O’rta Osiyo, Rossiya va boshqa mintaqalardagi mustabid rejimlar o’sha erdagi musulmonlarning, xususan, da’vatni ko’tarib chiqayotgan Hizb ut-tahrir yigilarining boshiga solayotgan zulmni butun dunyoga ochib bermoqda. Shu bois, ayrim inson huquqlari tashkilotlari ayrim masalalarni qabul qilib, ularni ko’rsatishga harakat qildi. O’sha tashkilotlar orasida (huquqni muhofaza qilish markazi “Memorial”/O’rta Osiyoda inson huquqlari ma’lumot markazi) va (O’zbekiston inson huquqlari tashkiloti) 1999 yili “Islom Karimov hizb ut-tahrirga qarshi” nomli broshyura chiqardi. Xalqaro “Human Rights Watch” tashkiloti ham yillar davomida O’rta Osiyodagi musulmonlar va Islomiy da’vatni olib chiqayotganlar boshiga tushayotgan zulmlardan bir qancha masalalarni ochib tashlashni harakat qildi.
- Hozirda dunyoda ro’y berayotgan siyosiy jarayonlarga fikringiz? Jumladan IShID faoliyati va uning dunyo siyosatiga ta’sir qilishi, ya’ni ularda yagona Islom davlati barpo qilish rejasi bormi va “Hizb ut-Tahrir” ning bu boradagi aloqasi?
Javob: Bugungi kunda dunyo dinni hayotdan ajratadigan sekulyaristik fikrat tuzog’iga tushib qolgan. Shu sababli, biz butun dunyodagi odamlar hukmron kapitalistik rejimlarning oqibatlaridan azob chekayotganini ko’ryapmiz. Jahonning hamma burchaklarida zolimlarni, zulmni, qashshoqlikni, ahloqsizlik va zo’ravonlikni tarqatayotgan yovuzlik hukmron bo’lib turibdi. Chunki biz haqiqat kuchlilar tarafida bo’lgan o’rta asrlarda yashayotgandek bo’lib qoldik. Kapitalistik davlatlar mamlakatimizdagi tabiiy boyliklar ustida bir biri bilan kurashishmoqda, bizning hokimlarimiz esa mustamlakachi kofir g’arbdagi o’z xo’jayinlarini rozi qilish uchun bizni qurbon qilmoqdalar.
Dunyo siyosatiga mabdasi bor davlatlar etakchilik qilmoqda. Mabdasi yo’q davlatlar esa xalqaro maydondagi kurash o’yinidagi asboblarga aylanib, xuddi kurashuvchi davlat o’ynatadigan qo’g’irchoqlarga o’xshab qolmoqda. Bunga Iroq, Suriya va Yamanda ro’y berayotgan hodisalar misol bo’la oladi. Chunki musulmonlar yurtlarining barchasi kufr davlatlari o’rtasdagi xalqaro kurash maydoniga aylangan.
Bugungi dunyo siyosati mustamlakachilik asosiga qurilgan. Bizni yurtlarimiz G’arb davlatlari tomonidan mustamlaka qilingan. Bunga Yaqin Sharq yaqqol misol bo’la oladi. Chunki mustamlakachilar Iroqqa tishlarini qayrab, uni qo’rqoq hokimlari orqali bir necha bo’laklarga bo’lib yubormoqda. Bir tarafdan “Iroq shialari”, boshqa tarafdan “Iroq sunniylari” va uchinchi tarafdan esa “Kurdiston”.
Iroqni 3 qismga bo’lish IShID paydo bo’lishidan ancha oldin rejalashtirilgan edi. Amerika Iroqni uch qismga bo’lish uchun bu IShIDdan foydalanmoqda. Chunki IShID Amerika unga chizib bergan hududlarda qolmoqda. Agar u chizib berilgan o’sha hududlardan tashqariga chiqmoqchi bo’lsa unga hujum uyushtira boshlashadi.
Dunyo siyosatini mafkuraviy asosga ega bo’lgan davlatlar boshqaradilar, o’z mafkurasiga ega bo’lmaganlar esa shu siyosatda qo’g’irchoq va vosita bo’lib qolaveradilar, xuddi Iroq, Suriya, Yamanda bo’layotgani kabi. Bugungi kunda siyosat bizning erlarimizni G’arb davlatlari tomonidan mustamlaka qilinishi ustiga qurilmoqda.
Bir davlatni tiklash va xalqlarni kuchli Xalifalik davlati ostida birlashtirish uchun asosiy bir fikrat va davlat uchun shunday bir mukammal dustur bo’lishi kerakki, Islomiy davlatning fuqarolari bo’ladigan insonlar uchun u aniq va muayyan qonunlar shaklida ko’rinsin va bu qonunlar davlatni ichkarisi va tashqarisida odamlar orasidagi aloqalarni aniq belgilab, tartibga soladigan bo’lsin. Hozirgi paytda bunday dastur Hizb ut-Tahrirdan o’zgasida mavjud emas. IShIDga kelsak shu kungacha u insonlarning ishlarini boshqarish, insonlar, jamiyat va davlatni uyg’otish orqali ular uning asosida yashaydigan biror programma yoki dasturni ishlab chiqqan emas. Buning ustiga, balki eng muhimi shuki, IShIDning xalifalikni barpo qilish haqida qilgan e’loni quruq gapdan o’zga narsa emas, uning voqesida hech narsani o’zgartirmaydi. Chunki bu tashkilot e’lon qilishidan oldin ham, keyin ham bir qurolli harakatdir. U ham boshqa qurolli harakatlar kabi o’zaro hamda rejimlar bilan qurolli jang qiladi va bu guruhlar Suriyaning ustidan yoki Iroqning ustidan yoxud ikkalasi ustidan saltanat jihatdan quloch yoygan emas. Sababi bu tashkilot Suriya ustidan ham, Iroq ustidan ham saltanatga ega emas, ichkarida ham, tashqarida ham na xavfsizlikni va na omonlikni ro’yobga chiqara olgan. Hatto odamlar tomonidan bay’at berilgan Xalifa – oshkoro ko’rina olmaydi, aksincha, uning IShID e’lon qilinishidan oldingi holati qanday bo’lsa o’shanday holatda qolgan! Bu esa Rasululloh SAVning holatlariga ziddir. Chunki Sarvari kinot SAV davlat tiklanishidan ilgari Savr g’orida yashirinishlari joiz bo’lgan edi. Lekin davlat tiklangandan keyin ishlarni boshqarar, qo’shinga qo’mondonlik qilar, insonlar o’rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etar, elchilar yuborar va ularni yashirinmasdan oshkoro qabul qilar edilar. Negaki davlat tiklanishidan oldingi holati keyingi holatidan farq qiladi… shunday qilib, bu tashkilotning xalifalikni e’lon qilishi mazmunsiz quruq gap. Bu ham o’zidan oldin xalifalikni e’lon qilganlar kabi er yuzida na haqiqati bor va na asoslari, balki ko’ngillaridagi nimanidir qondirish bo’lgan xolos. Chunki hech bir tayanch ham, xavfsizlik ham, omonlik ham bo’lmasdan bunisi o’zini xalifa, deb, e’lon qilgan bo’lsa, unisi Mahdiyman, deb, e’lon qildi va hokazo…! Bundan tashqari bu tashkilot musulmonlarga nisbatan ham, boshqalarga nisbatan ham amalga oshirgan, shariatga zid jinoiy ishlari kofir G’arbga, eng avvalo Amerikaga musulmonlar yurtlariga o’z nufuzini yoyish va ularning resurslarini, xususan, qora oltin deb atalmish Neftni o’z nazoratiga olish uchun paydo qilgan salibchilik asosidagi Pakt (NATO) orqali musulmonlar yurtlariga aralashishga, shuningdek, Islomiy Xalifalikni musulmonlar nazaridan xunuk qilib ko’rsatishga va payg’ambarlik minhoji asosidagi haqiqiy roshid Xalifalikning tiklanishini man qilish yoki to’sishga zamin tayyorladi.
- Hizb ut-Tahrir bilan «OAV» lari bilan hamkorlikka qanday qaraysiz?
Javob: Bugungi kunda Hizb ut-Tahrir dunyoning 60 tacha mamlakatida faoliyat olib bormoqda va ularning ko’pchiligida media vakolatxona va rasmiy notiqlariga ega. Masalan, Falastin, Misr, Sudan, Indoneziya va boshqalar. Hizbning Markaziy media bo’limi Livanning Bayrut shahrida joylashgan.
Hizb ut-Tahrir o’zining matbuot bayonotlari, siyosiy tahlillarini, dunyoda ro’y berayotgan hodisalarga turli sharhlarini turli ommaviy axborot vositalari (OAV)ga taqdim etadi.
Bizning media vakillarimiz dunyo axborot agentliklarining turli kanallaridagi ko’plab ko’rsatuvlarining doimiy ishtirokchilariga aylanganlar. Agar sizni qandaydir voqea-hodisalar bo’yicha savollar, sharhlar yoki siyosiy jarayonlar tahlili qiziqtirayotgan bo’lsa, biz albatta bu muammo va savollarga ko’zqarashimizni taqdim qilamiz. Lekin har bir OAV ham bizdan intervyu ololmaydi. Masalan, Daniyada biz (www.jyllands-posten.dk) nashriyotini boykot qilmoqdamiz, sababi, bu nashriyot o’z nashrlari orqali bizning sevimli Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v. ni ochiqchasiga haqorat qilmoqda, Islom va musulmonlarga qarshi yolg’on tashviqot yuritmoqda.
- AQShning «Demokratiya» niqobi ostida olib borayotgan faoliyatiga o’z fikringizni bildirsangiz. Masalan, 1952 yildan hozirgi kunga qadar ushbu niqob ostida AQSh 18 ta hududda inqilob keltirib chiqargan va oxirgi inqilobi Ukraina bo’lsa, keyingilarida qaysi davlat nishonga olingan bo’lishi mumkin?
Javob: Amerika kapitalistik davlat sifatida mustamlakachilik faoliyati bilan shug’ullanishi o’z mabdasini yoyish uchun uning tariqatidir. Davlatda bu mafkurani ko’tarib chiqar va siyosatchilari ham bu mafkuraga ishonar ekan davlat mustamlakachilikni davom ettiraveradi.
So’nggi bir necha yil ichida AQShning O’rta Osiyoda faol harakat olib borayotgani kuzatildi. Amerikaning keyingi nishoni bu Qirg’iziston bo’lishi mumkin. Chunki Qirg’iziston mintaqadagi geosiyosiy ta’sirga ega davlat bo’lgani uchun AQShning e’tibor doirasida qolmoqda.
Amerika bilan Rossiyaning bu mintaqadagi ta’sir doirasi ustidagi kurashi ochiq ko’rinib qoldi. Bu haqida Rossiya OAVlari ham gapirmoqda. Masalan, KPRF sayti qirg’iz siyosatchilarining AQSh ga borganligini sharhlashdi. “Qirg’izistonda oxirgi kunlarda eng muhokama qilinayotgan voqea bu muxolifat kayfiyatidagi bir guruh siyosatchilarning AQSh ga tashrif buyurishlari bo’ldi… Bu tashrif oldingi tashriflardan farqli ravishda bu safar sir tutilmadi”.
- Qrimning RF hududiga qo’shib olinganligiga qanday qaraysiz? Bu erda Hizb faoliyat olib borishadimi? Ushbu jarayonlardan so’ng Hizbning faoliyatida qanaqa o’zgarishlar ro’y berdi?
Javob: SSSR qulaganidan so’ng sobiq ittifoq respublikalari G’arbning kapitalistik davlatlari uchun shirin o’ljaga aylandi. Ular bu respublikalarda siyosiy ta’sirga ega bo’lish uchun ochko’zlik bilan ularga tashlandilar. Ukraina shunday respublikalarning biridir. Ukrainadagi so’nggi voqealar va Qrimni annektsiya qilinishi – bu Rossiya bilan G’arb va eng avvalo Amerika o’rtasida bu mamlakatda ta’sir doirasi uchun kurashidir. Shunday ekan, Qrimning kapitalistlar ta’siri va boshqaruvidan Rossiyaga o’tishi hech nimani o’zgartirmadi. Sistema shundayligicha qoldi.
Biz inson o’z Yaratuvchisining qonunlari bilan yashamog’i lozim, deb e’tiqod qilamiz. Inson qanday qilib to’g’ri yashashi lozimligini faqat Yaratuvchigina biladi. Inson bashar tomonidan o’ylab topilgan qonunlar bilan yashar ekan, odamlar bu qonunlarning qarama-qarshiligidan aziyat chekaveradi va bu qonunlar hukmron bo’lib turar ekan aslo xotirjamlik topmaydi.
Hizb ut-Tahrir dunyo davlatlaridagi zolimlar tomonidan uchrayotgan zulmlarga parvo ham qilmay o’z faoliyatini davom ettirmoqda.
Rossiya hizb faoliyatini Rossiya hududida 2003 yil ta’qiqlab qo’ydi. Ukrainada esa hizbning faoliyatiga rasmiy ta’qiq yo’q. Lekin Qrimga yangi hukumatning kelishi bu qonunni shu erga ham tatbiq qildi. Rossiya hukumati Qrimdagi Hizb yigitlariga qarshi tintuv va qamoqqa olish ishlarini olib bormoqda. Biroq bu ishlar Hizb faoliyatiga aslo ta’sir ko’rsatmaydi. Bunga hizbning Rossiyaning o’zida ham va O’rta Osiyoda ham taqiqlanganiga qaramay, Hizb faoliyati davom etayotgani eng katta dalildir.
__________________
Vas salamu alaykum va rohmatullohi va barakotuh
Markaziy axborot bo’limi a’zosi Islom Abu Xalil 25.04.2015y.