Obama: Bu chekinish taktikasidir

0
449

President Barack Obama pauses as he speaks to reporters about the fiscal cliff in the Brady Press Briefing Room at the White House in Washington, Friday, Dec. 21, 2012. (AP Photo/Charles Dharapak)

Bir necha kun avval IShID tashkiloti tarafidan Romadi shahrining bosib olinishi shov-shuvlarga sabab bo’ldi.

Eron inqilobchilar gvardiyasining qo’mondoni general Qosim Sulaymoniy Romadining bosib olinishida AQShni ayblab chiqdi. Sulaymoniga ko’ra, IShID Romadiga hujum boshlaganiga qaramay, AQSh bunga qarshi hech qanday chora ko’rmagan. AQSh prezidenti Barak Obama esa Romadi shahrining IShID qo’liga o’tishini “Chekinish taktikasi”, deya baholadi. Obamaga ko’ra, AQSh IShIDga qarshi olib borayotgan kurashida mag’lub bo’lmagan.

Bu haqida Barak Obama “The Atlantic” jurnaliga intervyu berdi. Jurnalistning “Romadi shahrining qo’ldan ketishi bilan AQSh IShIDga qarshi kurashda mag’lubiyatga uchradimi?”, degan savoliga Obama “Yo’q, mag’lub bo’ldik deb o’ylamayman. Bu chekinish taktikasi ekanligiga shubha yo’q”, deb javob berdi.

Turkiston:

Ma’lumki, AQSh va G’arb davlatlari IShIDning qilayotgan ishlarini bo’rttirib ko’rsatib, insonlarning qalbida Xalifalik davlatiga nisbatan nafrat uyg’otishga harakat qilib kelmoqda. IShID tashkilotining asirlarga nisbatan munosabatlari, ommaning ko’z o’ngida ularni qatl qilishlari va Zaydiylar kabi xalqlarga nisbatan qilmishlari AQSh boshchiligidagi kofir davlatlar uchun rosa qo’l kelmoqda. Ularning bu ishlaridan kufr davlatlari o’zlarining asl maqsadlarini niqoblash uchun unumli foydalanmoqda. Aslida esa AQSh va G’arbning maqsadi haqiqiy Islom davlatining tiklanishiga to’sqinlik qilishdir. IShIDning bu ishlari faqat ular uchun tayyor bahona bo’lmoqda xolos.

AQSh va G’arb davlatlari IShIDdan foydalanib birinchi o’rinda Xalifalik davlatini insonlar ko’z o’ngida xunuk qilib ko’rsatayotgan bo’lsa, ikkinchi navbatda uni “ola bo’ji” qilib ko’rsatib o’zining siyosiy maqsadlarini amalga oshirmoqda. Yuqoridagi xabarda AQShning mag’lubiyati haqida gap yuritilmoqda. Voqea ortidan AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden IShID Suriya va Iroqni emas, balki Yevropa va Amerikani nishonga olayotganini da’vo qildi. Vaholangki IShID jangovar qudrati cheklangan oddiy bir tashkilotdan boshqa narsa emas. Shuningdek, u hech qanday harbiy flotlarga, samalyot tashuvchi yirik kemalarga, raketalar va yadroviy qurollarga ega davlat ham emas.

Ularning maqsadlaridan yana biri musulmonlarga qarshi kurashda musulmonlarning o’zlaridan foydalanishdir. Shuning uchun ular “IShID faqat dinsizlarni emas, musulmonlarni ham ayovsiz o’ldirmoqda”, degan tushunchani yoyishga harakat qilmoqda. Bu bilan ba’zi musulmonlar qalbida IShIDga nisbatan nafrat va qo’rquv paydo qilishga erishdi ham. Toki IShID bahonasida Islom o’lkalariga hujum uyushtirilsa boshqa musulmonlar bunga e’tiroz bildirishmashin, hattoki kufr bilan elkama-elka turib jangga ham kirsin.

Shuning uchun musulmonlar voqea va hodisalarga teran nazar tashlamog’i va ularga Islom burchagidan turib baho bermog’i lozim. Aks holda kufr nayrangalariga aldanib qolishi va o’zi bilmagan holda kufrning foydasiga xizmat qilib qo’yishi mumkin.

Qiyomuddin

Izohlar yo'q