Tataristonda diniy idora dinga qarshi kurashmoqda

0
953

Rossiyaning Tatariston respublikasida bugunga qadar prokratura va mahkamalar tarafidan chiqarilib kelinayotgan Islomga oid ba’zi qarorlar endilikda davlatga qarashli diniy tashkilotlar tarafidan ham chiqarila boshladi.

Tatariston musulmonlari diniy idorasi ayrim Islomiy kitoblarni “ta’qiqlangan kitoblar ro’yxati”ga kiritish haqida qaror chiqardi. Taqiyuddin Nabahoniy, Abdulqadim Zallum, Ato bin Abu Rashta, Nasriddin Alboniy, Abdurrahmon Sa’diy, Hasan al-Banno, Said Qutb kabi asosan 16 kishi mualliflik qilgan kitoblar mazkur qora ro’yxatdan o’rin oldi.

Musulmonlar diniy idorasi tarafidan ta’qiqlangan diniy kitoblar ro’yxati Tatariston ichki ishlar vazirligi va respublika prokraturasiga ham yuborildi. Undan so’ngra esa bu qora ro’yxat keng miqyosda barcha masjidlarning imomlariga ham tarqatildi. Ro’yxatda ko’rsatilagan kitoblarni to’plash uchun mas’ul shaxslar belgilandi. Shuningdek ularga bu kitoblarning tarqatilishini nazorat ostiga olish vazifasi ham topshirildi.

Musulmon faollar va mustaqil diniy tashkilotlar Tatariston diniy idorasining bu hatti-harakatini Rossiya hukumati bilan hamkorlik qilish sifatida baholashmoqda. Mutaxassisllarning fikricha, bunday qarorlar davlatga bog’lik diniy tashkilot tarafidan emas, balki davlat prokraturasi yoki mahkamalari tarafidan chiqarilmog’i lozim.

Turkiston:

Bu xorlik, Qirg’iziston diniy idorasini xam o’z domiga tortishi mumkin. Qirg’iziston davlati, Islom va Musulmonlarga qarshi kurashida, Rossiya davlati tatbiq qilib kelayotgan chora va uslublarini shu kungacha deyarli birortasini qoldirmay amalda ko’chirib ijro etib keladi.

Bu albatta xar qanday diniy idora yoki shaxslar uchun xorlik xisoblanadi. Ular xar qancha oqlanishmasin, ikkinchi tomonni xar qancha qoralashga urunishmasin, davlatlar ularni o’z manfaatlari yo’lida ishlatishyapti. Diniy tashkilotlar uchun, umuman Musulmon odam uchun, kufr qo’l ostida uning qo’llovi bilan, shu kufr davlati yoki jamoasi manfaati va maqsadi asosida uyushish xarom. Kufr davlati arboblari buni bilmaydi. Bilganlarida xam bu xarom amaldan ularga xech qanday zarar yo’q. Lekin Musulmonlar bu kabi xorlikdan extiyot bo’lishimiz kerak.

Xorlik, azizlikning teskarisi bo’lib, “o’z e’tiqodi yoki printsipial amal qilishi shart bo’lgan tushunchalariga qarshi, ma’lum bir quvvat tomonidan, o’sha yashash tarziga teskari amallarni qilishga majburlanish” deb e’tibor qilinadi. Bu diniy arboblar, “biz diniy rodikalizm xavfini oldini olish uchun kurashayapmiz” yoki “dinimizni ravnaqi yurtimizning tinchlik va farovonligi uchun, davlatga yordam berayapmiz” va xokazo chiroyli so’zlar o’ylab topishmasin, xammasi yolg’on. Chunki davlat, ular aytayotgan kurashda diniy arboblarni o’ziga sherik deb bilmaydi. Agar shundek bo’lganida, bu diniy tashkilotlarni ochiq kufrga dalolat qiluvchi mast qiluvchi ichimliklarga qarshi, foxishalarni ximoya qiluvchi qonunlarga qarshi yoki qimorxona va ochiq xarom bo’lgan sudxo’rlik asosidagi bank tizimlariga qarshi xech bo’lmaganida mavizalar qilib turishga ruxsat berishi kerak edi. Lekin bu xorlikni qabul qiluvchilarni davlat o’z manfaatidan kelib chiqib, faqat muayyan belgilangan maqsadlarga qarab yo’naltiradi. Bu chiziqdan zarracha chiqib borayotganlarini esa, jazolaydi.

Izohlar yo'q