Qirg’iziston Davlat chegara xizmati bugun, 19 may kuni O’zbekiston chegarachilari o’qo’otar qurol qo’llashi oqibatida ikki qirg’izistonlik yaralanganini ma’lum qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, Qadamjoy shahridan Qizilqiya shahriga ketayotgan fuqaro O’zbekiston hududidagi tranzit yo’ldan o’tgan. Ikki davlat o’rtasidagi kelishuvga muvofiq, tranzit yo’lda transport vositasining to’xtashi taqiqlansa-da, Qirg’iziston fuqarosi O’zbekistonning Farg’ona tumani Kaptarxona qishlog’ida to’xtagan va mashinasiga qirg’izistonlik ikki ayolni olgan.
Buni ko’rgan o’zbek chegarachilari mashinani to’xtatmoqchi bo’lgan, biroq haydovchi ularga bo’ysunmagan va harakatlanishda davom etgan. Shundan so’ng O’zbekiston chegarachilari avtomobilga qarata o’q uzgan va oqibatda ikki qirg’izistonlik jarohat olgan.
Mashina Aydarken chegara otryadining “Ayirbas” nazorat punktigacha etib borgan. Bu erda qirg’iz chegarachilari yaralanganlarga birinchi tibbiy yordamni ko’rsatgan.
Yaralanganlar – haydovchi va bir ayol Qizilqiya shahridagi kasalxonaga olib borilgan. Haydovchi Qadamjoy tumanida, ikki ayol esa Novqat tumanida yashashi aniqlandi.
Turkiston:
Bu nima, Karimovni Atambaev bilan o’rtalaridagi bo’lib o’tgan siyosiy replika (kesatish) si uchun atayin uyushtirilgan taxdidimi? Oddiy xalq ichida shu ma’noda siyosiy taxlillar va mish mishlar kuchayib borayapti. Xar qanday fuqorolar yig’ini, norasmiy anjuman va o’rtoqlar uchrashuvlari mana shu mavzu muxokamasisiz o’tmaydigan bo’lib qoldi. Bu yaxshimi yoki aksincha jamiyat uchun zaralimi? Bu savol xuddi, qurol yaxshimi yoki yomonmi degan savolga o’xshaydi. Qurol, agar to’g’ri maqsad sari yo’naltirilsa yaxshi. Noto’g’ri maqsad sari yo’naltirilsa yomon. Demak qurolning o’zidan unga baxo berish mumkin bo’lgan xech qanday sifat topib bo’lmaydi. Uning baxosi, muayyan bir dunyoqarash sari yo’naltirilayotgan tashqi omildan kelib chiqib, yomon yoki yaxshi tomonga ishlatilayapti deb baxolanadi. Masalan bostirib kelayotgan dushmanga qarshi ko’tarilayotgan qurol xam uning soxibi xam maqtovga loyiq. Lekin buzuq maqsad bilan bostirib kelayotgan bosqinchi qo’llanib kelayotgan qurol yomonlikka ishlatilayapti. Shuningdek, yuqoridagi chegaradagi bo’lib o’tgan qotillik yoki boshqa shunga o’xshash qitmirlik xarakatlari, millatchilar tomonidan o’z maqsadlarida, vatanparvarlar yoki ayirimachilar o’z maqsadlarida, tashqi xalqaro quvvat egalari xam o’z manfaatlari yo’lida foydalana oladigan voqe’alar xisoblanadi. Vaziyatga ko’ra bu kabi xarakatlarga siyosiy shov shuvli tus berilib, odamlar ichida atayin vaxima tarqatiladi. Ba’zida esa, Qirg’iz xokimiyati, chegaramizdagi qotillikka nisbatan be’parvolik xolatida bo’layotgani kabi, matbuotda xam ko’p yoritilmaydi. Bu kabi intsedentlarning qay biriga qanday muomila asash lozimligini, Qirg’iziston uchun maxsus ishlaydigan katta kufr davlatlarining institutlari yoki maxsus ta’inlangan maslaxatchilar vositasida belgilab berishadi. Masalan Roshod qori Kamolovni xibsga olish jarayonida, uni davlat va jamiyat uchun o’ta xavfli shaxs qilib ko’rsatish maqsadida, “ozodlik radiosi” bosh bo’lib, butun matbuot bir tomonga qarab yo’naltirildi. O’zbekistonda shayx Muxammad Sodiq vafod topishlarida, bir necha yuz minglagan odamlar u kishining janoza namozida ishtirok etish maqsadida o’z ixtiyorlari bilan Toshkantga yo’l olganlari xaqida deyarli birorta matbuot xizmati xabar bergani yo’q. Demak matbuot olami, dunyo bo’ylab bir nuqtadan, muayyan maqsad sari yo’naltirib turiladi. Katta shaxarlarda, matbuot xizmati deyarli yagona fikriy yo’naltirish quroli bo’lib qolgan desak bo’laveradi.
Shuning uchun fuqorolarni, muloxazali bo’lishga, islomiy dunyoqarashlarini kuchaytirish bilan bir qatorda, shu dunyoqarash asosida musulmonlarni to’g’ri fikriy etakchilik sari da’vat ishlarini olib borishga chaqiramiz. Musulmonlarning asosiy muammosi xam xuddi shu o’z manfaatlarimizni to’g’ri belgilay olmay, bir birlarimizga qarshi xarakatlanayotganimizdan kelib chiqadi. Bu kabi xarakatlarimiz, aynan kufr bizdan kutayotgan uning maqsadlarini ro’yobga oshishidagi asosiy omillardan xisoblanadi. Chegaradagi qotillik, bu bir musulmonni ikkinchi musulmon tomonidan qatl qilinishi deb e’tibor qilinadi. Bu xos shar’iy xukm asosida ajrim qilinishi lozim bo’lgan amal bo’lib, mutasaddi amaldorlar shu ishni to’g’ri ajrim qilishdan bo’yin tovlayotganlari uchun javob berishadi. Bu milliy adovat asosidagi xarakat emas. Balki siyosiy bosim berish maqsadidagi Karimovning navbatdagi taxdidi deyish mumkin.
Qirg’iz xukumati esa, shu kabi toboro ko’payib borayotgan chegara muammolarini echish maqsadida, “xalq ximoyachilari” nomi ostida fuqorolariga qurol tarqata boshladi. Bu, o’z zaifligini tan olish bilan bir qatorda, xalqning o’ziga o’z ximoyasini topshirib qo’yish emasmi. Bu qirg’inbarot urushlar olib kelishi mumkin bo’lgan xolat xisoblanadi. Chunki qurollangan xalq, ikkinchi tomon xalqini xam qurollanishga va xujum qilishga provokatsiya qiladi. Davlat, shu kabi, o’zidagi davlatlik sifatini yo’qotib borayotganini yashirish maqsadida, yana musulmonlar xavfi nomi bilan, yangi o’yinlarini uyushtirish xaqida fikrlay boshlaydi. Musulmonlar nomidan qo’poruv amaliyotlari uyushtirish yoki Batken tomonida bostirib kirib kelishayotgan xayoliy bosmachilar vaximasini kuchaytirish yoki yuqoridagi kabi bo’lib o’tgan xolatlarni gupurtirib, uni millatchilik yoki diniy rodikalizm maqsadlari uchun amalga oshirilgan qilib ko’rsatish kabi, muayyan maqsadlar sari burib yuborishlari xam mumkin.
Xukumatning ushbu xarakatlarining barchasi, O’zbekiston xukumati oldidagi zaifliklarini yashirish maqsadida olib borilyapti. Qirg’iz xukumati xatto O’zbek xukumatini rozi qilish maqsadida, shayx Rofiq qori Kamolovni otib o’ldirgan edi. So’ng uning o’g’li Roshod qori kamolovni xibsga oldi. Qanchadan qancha Xizb ut Taxrir a’zolarini quruq tuxmatlar bilan qamayapti. Lekin shularning barchasiga qaramay, O’zbek taraf Qirg’iz xukumatidagi ministrlariga nisbatan, xatto o’zlariga xos diplomatik muomila tarzini xam o’rniga qo’yishmaydi.