Pokiston iqtisodiy taraqqiyot vaziri Inson Iqbol Xitoy bilan Pokiston o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar rivojlanib borayotganligiga urg’u berar ekan, Xitoyning dastagi bilan Pokiston eng qisqa vaqt ichida iqtisodiy jihatdan “Osiyo qoploni”ga aylanishini bildirdi.
Inson Iqbol jurnalistlar uchun tashkil qilingan matbuot anjumanida Xitoy prezidenti Si TSzinpinning Pokistonga uyushtiradigan safari davomida 45 million dollar miqdoridagi “Pokiston-Xitoy iqtisodiy yo’lagi” loyihasiga imzo chekillishini ma’lum qildi.
Inson Iqbol Xitoyning g’arbiy qismidan boshlanib Pokistonning janubidagi Gvadar portigacha etib boradigan “Pokiston-Xitoy iqtisodiy yo’lagi” loyihasini “tarixiy loyiha” sifatida baholadi. Uning ta’kidlashicha, Xitoy hukumati bu loyihani amalga oshirish orqali Janubiy Osiyo va O’rta Osiyo xalqlarining rivojlanishiga ham katta hissa qo’shgan bo’ladi.
Pokiston iqtisodiy taraqqiyot vaziriga ko’ra, loyihaning 37 milliard dollarlik qismi shamol, gidroelektr va quyosh nuridan elektr energiyasi ishlab chiqarish kabi bir qator energetik sohalar uchun sarmoyalar yotqizishga ajratiladi. Barcha sarmoyalar xususiy va davlat sektorlari hamkorligida amalga oshiriladi, ktedit aralashtirilmaydi, bu loyiha barcha xorijiy sarmoyadorlar uchun ochiq qoladi.
Xitoyning Islomoboddagi Elchisi Sun Veydun ham Pokistonning xalqaro axborot agentligi “APP”ga bergan intervyusida “Pokiston-Xitoy iqtisodiy yo’lagi” loyihasi amalga oshirilishi uchun mushtarak hamkorlik qo’mitasi va to’rt guruh tashkil qilinganligini ma’lum qildi.
“9 yillik tanaffusdan so’ng Xitoy davlatining prezidenti rasmiy safar bilan Pokistonga kelmoqda. Ikki davlatning ichki va tashqi siyosatlari turli xil bo’lsa-da, buning aloqalarimizga aslo ta’siri yo’q”, “Pokiston-Xitoy iqtisodiy yo’lagi” loyihasini amalga oshirish uchun mushtarak hamkorlik qo’mitasi va to’rt guruh tashkil qilindi. Qumita loyihaning umumiy rejasini tuzib chiqadi. To’rt guruh esa shu muayyan loyihadan mas’uldir. Bu loyiha ortidan Yevropa va Afrika davlatlariga tovar eksport va import qilish imkoniyati qo’lga kiritiladi va davlatlarimizni rivojlanish sari etaklagan bir kuchga yuzaga keladi”, dedi Xitoy elchisi Veydun.