AQShning Yevropadagi qurolli kuchlari qo’mondoni Ben Xodjes NATOga a’zo davlatlarni Rossiya tahdidiga qarshi birlashishga chaqirdi.
“Bu tahmin emas, Rossiyadan tahdid mavjud”, – dedi Xojes, Rossiya elchisining, agar Daniya raketalarga qarshi mudofaa dasturlaridan birortasida ishtirok etadigan bo’lsa yadro hujumi nishoniga aylanishi mumkinligi haqida bergan bayonotini eslatib.
Shu bilan birga u harbiy to’qnashuvlar bo’lishi muqarrar, deb hisoblamasligini ma’lum qildi.
“Samarali diplomatik echimlar bilan ta’minlash uchun tayyor turish kerak. Buning eng yaxshi kafolati – NATOga a’zo davlatlar birligi”,- deb qo’shimcha qildi Xodjes.
Avvalroq, AQSh va NATOning Yevropadagi qurolli kuchlarining sobiq qo’mondoni Uesli Klark, Vladimir Putin uchun keng miqyosli urush boshlash mutlaqo mantiqsiz bo’lishini, u Ukraina ustidan nazorat o’rnatmoqchi ekanligi to’g’risida bayonot bergan edi. Shuningdek uning so’zlariga ko’ra, dunyo urushga tayyor.
Turkiston:
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga nisbatan olib borayotgan fitnakashlik urushlarini yashirishdan ojiz qolganidan so’ng keskin bayonotlar berishni boshlagan edi. O’tgan yilning kuz oylarida Yevropa kengashining raisi Jose Manuel Barosso bilan telefon orqali suhbatlashgan Putin “Agar xohlasam Kievni ikki haftada olaman”, – deya oshkora tahdid qilgan edi.
O’z prezidenti tahdididan ruhlangan Rossiya elchisi Mixail Vanin joriy yilning 21 mart kuni agar Daniya Amerika tomonidanilgari surilayotgan raketa hujumiga qarshi mudofaa dasturlaridan birortasida ishtirok etadigan bo’lsa Rossiya yadro raketalari uchun nishonga aylanishi bilan tahdid qilgan edi.
Rossiya prezidenti va uning elchisi tomonidan bildirilgan bunday bayonotlar G’arbga nisbatan oshkora tahdid bo’lsa, AQSh uchun esa o’zi tomonidan tuzilgan xalqaro sistemaning qulab ketishi mumkinligidan xavotir paydo qiladi.