O’z erida “pozor” bo’lgan Sarpashev

0
495

Aslida, yigit kishi uchun o’z xalqi oldida yomon otliq bo’lib, nobop so’zlarni eshitishi o’ta ayanchli holdir. O’tgan kuni Qirg’iziston prezidentining birinchi o’rin bosari Tayrbek Sarpashev Toktogulga borib, xalq bilan uchrashuvi chog’ida Atambaev hukumatining “muvaffaqiyatlari” haqida gapirib maqtana boshlagan ekan, mahalliy xalq uning gaplarini tinglagisi kelmay, uni noqulay ahvolga solib qo’yganligi haqida xabar keldi. Hattoki, xalq unga o’ta masxaraomuz muomilada bo’lishgan. Xalq orasidagi oqsoqollardan biri o’rnidan turib: “Ey, sen hukumatingni gapirma, nima qilib berdilaring? xattoki, mana shu Toktogulning suvini ham sotib tugatdilaring. Sizlarning kasofatlaringdan svet qimmatlab boryapti. Nimani aytib maqtanish uchun kelding? Sen o’zing Toktogul xalqiga nima qilib qo’yding?”, deya bir qancha achchiq gaplarni aytib tashlagan. Oqsoqolning so’zlariga butun yig’ilgan olomon qarsaklar chalishib, rosa kulishgani aytiladi. Nima bo’lganda ham “pozor” bo’ldi Sarpashev.

“Iskra”, dan tarjima qilindi.

Turkiston:

“Maalmat» partali tarqatgan yuqoridagi maqola, Sarpashevni xatto o’zi tug’ilgan yurtida xam obro’yi yo’q ekanini ko’rsatib turipti. Butun Qirg’iziston xalqi oldidagi uning obro’y e’tiborini aytmasak xam, xammaga ma’lum.

2015 yil 2 fevral kuni Sarpashev, O’sh shaxrida uyushtirilgan davlat aporati kollegiyasida so’zlagan nutqida. Qorasuv va Aravon rayo’nlarini Ukrainaning Lugansk va Donetsk shaxarlariga o’xshatib. Barcha davlat xodimlarini ogoxlikka chaqirgan edi. Buning ortidan davlat militsiya xodimlari Roshod qori Kamolovni qamash bilan boshlangan Islom va Musulmonlarga qarshi yirik amaliyotlarini boshlab yubordi.

Demak bu shaxs, Islomga qarshi bir gurux davlat elitasidagi oqimga mansub ekanligi va uning anjumandagi nutqi, o’sha gurux Prizident ma’qulligini olgani va o’sha nosog’lom gurux nomidan militsiya raxbariyatiga kurashni boshlashlariga signal berish bo’lgan ekanligi ma’lum bo’ldi.

Ilgari xuddi shu lavozimni egallab turgan Adaxam Madumarov, 2008 yil 1 oktyabrdagi Ramazon i’yd bayrami o’tkizilishiga qarshi militsiyani qo’li bilan, 32 kishini qamoqqa olgan edi. Sud, ularni qamoq jazosiga tortishda, asosan “Olloxu akbar” deb qichqirganlarini baxona qilingan. Bu xaqda Atanbaev, “odamni Olloxu Akbar degani uchun xam qamaydimi, men xam Olloxu Akbar deyman” degan edi.

Endi esa, Prizident partiyasi bo’lgan SDPK ga a’zo Sarpashev, o’zi bosh bo’lib, Prizidentning roziligini olib, yuqoridagi “islamafobik” xarakatlarni yurgizib yubordi. Saylov yaqinlashgani sari bu siyosatchidar namozxonlarga aylanib olishadi albatta. Lekin ularning ba’zilarining qalblari, Islom va Musulmonlarga adovvat bilan to’lib bitgan ekan.

Sarpashevning lugansk xaqidagi so’zlarini keyin boshqa ma’nolarga burib yuborishdi. Negaki u kutgan natija chiqmadi. Bu, Islomga adovvati bor gurux, Prizidentni Qorasuv va Aravon islomiy jangarilar qo’liga o’tib bo’lgan, u erlarni tozalash ishlari vaqtida albatta qarshilik jangovor xarakatlar ro’y beradi, deb ishontirishgan. Lekin ular olib borgan operatsiyalari chog’ida birorta xam noqonuniy xarakat ro’y bermadi. Musulmonlar ularning pravokatsiyalariga yurmadi. Demak ular yolg’on ma’lumotlar bilan, Prizidentni xam, boshqa siyosiy gurux va etakchi shaxslarni xam aldashgan.

Lekin bu, o’ta shubxali shaxs bo’lgan Sarpashev, IIM ministri Turganbaev va O’sh IIM etakchisi geniral Suyunbek Umurzakovlar bosh bo’lgan etakchi gurux vakillaridan birortasining jazolanmayotganligi o’ta shubxali. Demak bu xolatda Prizident bularning inqirozga uchragan taxminiy amaliyotlaridan rozi ekanligi yoki Prizident ularga ta’sir qilish quvvatidan ajrab, ularga tobe’ bo’lib, zaif xolatda qolganidan darak beradi.

Izohlar yo'q