Prezidentlik boshqaruv shaklimi yoki Roshid Xalifalikmi?

0
499

Hizb-ut Tahrir – Turkiya viloyati 3 martdan 10 martgacha davom etadigan “Xalifalikni qayta tiklash” haftasida “Prezidentlik boshqaruv shaklimi yoki Roshid Xalifalikmi?” nomli konferentsiya tashkil qildi. Konferentsiya Xalifalik qulatilgan 3 mart kunida va Xalifalikning oxirgi markazi bo’lgan Istambulda bo’lib o’tdi. Ayniqsa, bu konferentsiya Turkiyadagi boshqaruv tizimi prezidentlik boshqaruv shakliga o’tish borasida bahs munozaralar avjiga chiqqan mahalda o’tkazilishi diqqatga sazovordir. Shu sababli mahalliy va ommaviy axborot vasitalarining vakillari bu konferentsiyaga hoziru-nozir bo’lishdi.

Konferentsiyaga Turkiyaning o’zidan va xorijdan kelgan juda ko’p mehmonlar ishtirok etdi. Konferentsiyaga tashrif buyurgan kishilarning juda ko’pligi sababli konferentsiya uchun belgilangan ulkan madaniyat markazida yuzlagan insonlar yo’laklarda ayoqda turib nutq tinladilar.

Qur’oni karim tilovati bilan boshlangan konferentsiya Hizb-ut Tahrir amiri ulug’ olim Ato Ibn Halil Abu Rashtaning tabrigini tinglash bilan davom etdi. Ulug’ olim Ato Ibn Halil Abu Rashta Xalifalikning musulmonlar uchun naqadar muhimligini urg’ulagandan so’ngra haqiqiy Xalifalik bilan soxta Xalifalikni ajratib olish lozimligini ta’kiladi.

“Haqiqiy Xalifalik noma’lum narsa emas. Xalifalik Rosululloh s.a.v. bayon qilib bergan va U Zotdan so’ng Roshid Xalifalar ham ayni yo’ldan yurgan aniq-tiniq nizomdir. Xalifalik imperatorlik yoki qirollik emas, parlamentlik yoki prezidentlik boshqaruvi ham emas. Shuningdek, u Allohdan boshqasi tomonidan tuzilgan demokratiya yoki diktatorlik kabi insoniy tuzumlardan hech biri emas… Xalifalik qonlarni, nomuslarni va mollarni himoya qilib, ahdga vafo qiladi. Xalifalik zulm va zo’ravonlik bilan emas, rozilik va erkin iroda bilan bay’at oladi. Insonlar qo’rqib yoki xavotir bilan emas, ishonch bilan u tomonga o’tishadi”, dedi Hizbut Tahrir amiri.

Undan so’ng aziz mehmonlardan “fan va madaniyat tadqiqotlar” fondining rahbari Mehmet Pamak, “Mazlum-Der” jamiyatining rahbari Junayt Sariyashar, “Imkon-Der” jamiyatining rahbari Murat O’zer, “Kalem-Der” jamiyatining rahbari Ahmet Qalqon va Hizbut markaziy matbuot bo’limining a’zosi o’zbekistonlik Islom Abu Halil Xalifalikning ahamiyati va uni yangidan tiklash lozimligi haqida qisqacha bayonot berishdi.

Ommaviy axborot vositalarining kuzatuvi ostida o’tgan konferentsiyada Mahmud Qor, misrlik muhandis Sharif Zoyid, Muhammad Hanafiy va livanlik Ahmad al-Qasos navbati bilan nutq so’zladi. Iordaniyalik doktor Iyod Kunaybiy esa mamlakatdan chiqishga izn berilmaganligi bois konferentsiyaga jonli bog’lanib o’z mulahazalarini bildirdi. Konferentsiya Abdulloh Imom o’g’lining ko’z yoshlarini sel qilib oqizgan duosi bilan yakunlandi.

Izohlar yo'q