“Farg’ona” axborot agentligi xabar qilishicha, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) o’zining rasmiy saytida Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq terrorchilikka aloqador deya tan olingan “Yagona federal tashkilotlar, shu jumladan, xorijiy va xalqaro tashkilotlar ro’yxatini” yangiladi.
Ro’yxatda 22 ta tashkilotlarning nomi keltirilgan, ulardan 15 tasi 2003 yilda terrorchilikka aloqador deya tan olingan:
– “Kavkaz Mujohidlarining birlashgan kuchlari Majlisul Sho’ro Oliy harbiy kengashi”
– “Ichkeriya va Dog’iston Xalqlari kongressi”
– “Baza” (“Al-Qoida”)
– “Asbat al-Ansar”,
– “Muqaddas urush” (“Al-Jihod” yoki “Misr islamiy jihodi»),
– “Islam jamoasi” (“Al”-Gamaa al-Islomiya”),
– “Musulmon birodarlar” (“Al-Ixvan ul-Muslimun”),
– “Islom ozodlik partiyasi” (“Hizb ut-Tahrir al-Islomi”),
– “Islam jamoasi” (“Jamoat-ul-Islomiya”),
– “Tolibon harakati”
“Turkiston Islomiy harakati” (sobiq O’zbekiston Islomiy harakati)
“Ijtimoiy ilohlar jamoasi” (“Jamiyat al-Islax al-Ijtimaiy”)
“Islom merosi tiklanishi jamiyati” (“Jamiyat Ixya at-Turaz al-Islomiy”)
“Baytul-haromayn”
– “Lashkari Toyiba”, 2003 yilda terroristik deya tan olingan, ammo qaror 2013 yilda kuchga kirgan.
2006 yilda bu ro’yxatga “Jundush-Shom” (Shom askarlari) va “Islomiy jihod”, 2008 yilda – “Islomiy mag’rib mamlakatlarida Al-Qoida”, 2010 yilda – “Imorat Kavkaz”, 2013 yilda – “Avtonom jangavor terrorchilik tashkiloti” kiritildilar. “Iroq va Shom Islomiy davlati” va Jabhatan-Nusra tashkilotlariga nisbatan terrorchilik deya tan olish to’g’risidagi qaror 2015 yil 13 fevral kuni kuchga kirdi.
TASS xabar berishicha, FSB rahbari Aleksandr Bortnikov 20 fevral kuni Rossiya ekstremizm va terrorizmni tinchlik va barqarorlikka, barcha davlatlarga va har bir insonga nisbatan eng katta tahdid sifatida baholashini bildirdi. “So’nggi yillarda bu tahdidlar o’sib bormoqda…”, – deya qayd etib o’tdi Bortnikov.
Turkiston:
Islom va musulmonlarga qarshi keng ko’lamda kurash olib borayotgan va o’ziga tobe bo’lgan Markaziy Osiyo respublika rahbarlaridan ham shuni talab qilayotgan Putin boshchiligidagi Rossiya hukumati “islomiy xafvni” imkon qadar bo’rttirib ko’rsatishga va shu orqali musulmonlarni qo’rquv va bosim ostida ushlab turishga qattiq harakat qilib kelmoqda.
Bu maqsadda Rossiya hukumati asos bor yoki yo’qligidan qat’iy nazar islomiy harakatlarni o’zining “qora ro’yxati”ga kiritish orqali jamiyat ichida Islom dini yoyilishiga to’sqinlik qilishga intilmoqda.
Tarixda ham, hozirgi vaqtda ham Islom va musulmonlarga qarshi ashaddiy dushman bo’lgan rus mustamlakachilari nafaqat islomiy harakatlarga qarshi, balki Islom va uning qadriyatlariga qarshi ham kurashib kelmoqda. 2013 yili Elmir Kuliev tarjima qilgan Qur’oni Karim ma’nolari tarjimasi, “Siyratubni Xishom”, Safiyyuddin Mubar Kafuriy muallifligidagi “Kitabur Rohiqul maktum”, “Riyozussolixiyn”, Navaviyning “Arba’iyna Navaviyya” kitoblarini taqiqlab, “Al-Ihlos” masjidini buzib tashlagan bo’lsa, keyinchalik maktab o’quvchilarini ro’mol o’rashlarini man qildi. 2014 yilda esa “Sahihi Buxoriy” va Roshid xalifa Abu Bakr Siddiq tarjimai holini bayon qilgan kitoblarni taqiqladi.
Rossiya hukumati go’yoki olib borayotgan mana shunday jirkanch siyosati orqali jamiyat ichida Islom dini yoyilishiga to’sqinlik qilishga intilayotgan bo’lsada amalda buni tamoman aksi bo’lmoqda. Asli rus millatiga mansub mahalliy aholi orasida Islom dinini qabul qilayotganlar kun sayin ko’payib borayotgani ham buni isbotlab turipti.
يُرِيدُونَ لِيُطْفِئُوا نُورَ الله بِأَفْوَاهِهِمْ وَاللَّهُ مُتِمُّ نُورِهِ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ”. الصف
“Ular Allohning nurini (ya’ni Islomni) og’izlari (ya’ni behuda gaplari) bilan o’chirmoqchi bo’lurlar. Alloh esa, garchi kofirlar istamasalarda, O’z nurini to’la (butun dunyoga) yoyguvchidir”. (Saf. 8)