Prezidentlik boshqaruv tizimi afzalmi yoki Roshid Xalifalikmi?

0
463

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan Elazig shahrida tashkil qilingan yig’inda Turkiya uchun yangi boshqaruv shakli lozimligini urg’uladi.

“Yana ham tezroq qaror qabul qilish va ishlarni tezroq amalga oshirish uchun Turkiyaning yangi boshqaruv tizimga ehtiyoji bor. Buning nomi prezidentlik boshqaruvdir, ya’ni rahbarlik tizimidir. Bizning qadimiy davlatimizning boshqaruv shakli ham asosan shundan iborat bo’lgan. Nomi nima bo’lsa bo’lsin, biz tariximizda shuni ko’ramizki, aksariyat xalqning dastagini, tasdig’ini va roziligini olmagan boshqaruvchilar davlat tepasida qolishi mumkin bo’lmagan”, dedi prezident Erdogan.

 Hozirgi kunda Turkiyada prezidentlik boshqaruv tizimi diqqatni jalb qiladigan darajada bahs munozaraga sabab bo’lmoqda. Bu tizim juda yaxshi boshqaruv tizimi sifatida jamiyatga talqin qilinayotganiga guvoh bo’lyapmiz. Xo’sh, haqiqatdan ham shundaymi? Prezidentlik boshqaruv tizimining kundalik hayot tarzimizga qanday ta’siri bor? Undan ham muhimi Prezidentlik boshqaruv tizimi Alloh Taolo rozi bo’ladigan boshqaruv shaklimi? Qanday boshqaruv shakli Alloh Taoloni rozi qiladi va kundalik hayot muammolariga tubdan echim bera oladi?

Bu kabi savollarga javob topish va Roshid Xalifalikni insonlarning yodiga solish istagida Turkiyadagi Hizbut Tahrir yigitlari keng qamrovli konferentsiya tashkil qildi.

Iordaniya, Livan va Misrdan tashrif buyuradigan aziz mehmonlar ishtirokida o’tadigan “Prezidentlik boshqaruv tizimi afzalmi yoki Roshid Xalifalikmi” nomli konferentsiyaga Hizbut Tahrir – Turkiya viloyati barcha insonlarni da’vat qiladi.

Konferentsiyada doktor Ahmad al-Qasos, doktor Iyod Kunaybiy, Sharif Zoyid va Mahmud Qor so’zga chiqishi kutilmoqda. Bu konferentsiya erkaklarga xosdir.

Konferentsiya vaqti 2015 yil 3 mart. Soat 18:30

Manzil: Istambul shahri, Uzkudar rayon, Bog’larboshi madaniyat markazi.

Aloqa uchun telefon 0212 631 6526

Izohlar yo'q