«Islomiy birodarlik», konferentsiyasiga da’vat

0
483

Hizbut Tahrir – Turkiya viloyati «Islomiy birodarlik» nomi ostida konferentsiya o’tkazishga bel bog’laganligini e’lon qidi.

Madinada ilk bor Islom jamiyati paydo bo’lgan kunda «Islomiy birodarlik»ning go’zal namunasi yuzaga keldi. O’sha kundan to bugungi kunimizga qadar bunday birodarlik namunasi haligacha yuzaga kelgan emas. Birdamlik, tenglik, birodarlik, hamkorlikning va do’stlikning eng go’zal namunalari ana o’sha kunda dunyo yuzini ko’rgan edi.

Bu Islomning ilk tarixidir. Turli qavmlardan va turlicha qabilalardan tashkil topgan jamiyat «Islomiy birodarlik» qarshisida barcha xusumatlarni unutib, bir-birlari uchun tug’ishgan aka-ukalardan ham yaqin birodarlarga aylanishdi. Uzoq yillardan buyon davom etib kelayotgan o’zaro janglarga nuqta qo’yildi. Buning ortidan Islom davlatining soyasi ostida «Islomiy birodarlik» tamoyillari er kurrasining katta qismiga tarqaldi.

Ammo Islom davlati qulatilgach, «Islomiy birodarlik» tamoyillariga ham putur etdi. Bir-birlari uchun jonini fido qilishga tayyor turgan musulmonlar Islom davlati yo’q qilingach, bir-birlariga tish qayraydigan yovuz dushmanga aylantirildi. Alloh Taolo harom qilgan millatchilik tushunchasi musulmonlar orasida birodarkushlik janglarini keltirib chiqardi. Musulmonlar o’z aqidasidan uzoqlashgach, ulardagi birodarlik o’rnini manfaat egalladi.

Butun dunyoda, xususan Islom o’lkalarida musulmonlar bir birlarini dushman tutib, o’zaro jang qilishlari ularning «Islomiy birodarlik» tushunchasidan qanchalik uzoqlashganligini ko’rsatib turipti. Shunday ekan, ilk Islom jamiyati yuzaga kelgan paytda Rosumulloh s.a.v.ning ko’rsatmalari bilan amalga oshirilgan «Islomiy birodarlik»ni qayta tiklash uchun har bir musulmon o’z hissasini qo’shmog’i lozim.

Ayni maqsadda Hizbut Tahrir – Turkiya viloyati «Islomiy birodarlik» konferentsiyasini tashkil qilar ekan, barcha musulmonlarni bu konferentsiyaga da’vat qiladi. Konferentsiyaga Hizbut Tahrirning Turkiya viloyati matbuot bo’limining rahbari Mahmut Qor boshchilik qiladi.

Konferentsiya vaqti: 09 yanvar-juma, Soat 20:30

Manzil: Anqara shahri, Hukumat ko’chasi, Yovuz Salim mahallasi, № 55/S

Aloqa uchun +90 312 229 7791

Izohlar yo'q