Yamanda Hizb-ut Tahrir yigitlari qamoqqa olindi

0
449

Yamanning Amran viloyatida Husiy politsiyachilari Hizb-ut Tahrir yigitlarini qamoqqa oldi. Yigitlar Hizb-ut Tahrir tarafidan chiqarilgan “G’arb olqishlayotgan hukumat aslo xalqning talablarini ro’yobga chiqara olmaydi”, nomli nashrani tarqatishlari ortidan qamoqqa olindi. Husiy politsiyachilari hech bir diniy va axloqiy printsiplarga to’g’ri kelmaydigan shaklda Hizb yigitlarini o’z uylarida qamoqqa oldi. Qamoqxonada ularni hech kim bilan uchrashishlariga ruxsat berilmayapti.

Qamoqqa olingan yigitlarning oila a’zolari va ba’zi musulmonlar mahbuslarni ozod qilishlari uchun mas’ullarga murojaat qilishdi. Ammo xavfsizlik qo’mitasi nomi berilgan politsiya mas’ullari qamoqqa olingan yigitlarni qo’yib yubormaslik haqida yuqori darajali qo’mondonlari tarafidan buyruq olganliklarini bahona qilib mahbuslarni ozod qilishdan bosh tortdi.

Hizb-ut Tahrir – Yaman viloyati bu hodisaga nisbatan o’z munosabatini bildirib bayonot chiqardi. Bayonotda aytilishicha, Husiylarning bu ishlari ularning muvaffaqiyatsizliklari va takabburliklariga bir dalildir. Chunki fikr va dalillar qarshisida qurollarni ishga solib qamoqqa olishlar muvaffaqiyatsizlikning namunasidir.

“Husiylar Hizb-ut Tahrir siyosiy partiya ekanligini va Payg’ambarlik minhoji asosida roshid Xalifalik davlatini tiklash orqali Islomiy xayotni qayta boshlash uchun aslo moddiy harakatga qo’l urmasliklarini juda yaxshi bilishadi. Hizbning politsiyachi guruhi yo’q, u suyiqasdlar uyushtirmaydi. Shunigdek, Hizb musulmonlar o’rtasidagi o’zaro janglarni hamda mazhabchilik va mahalliychilikni harom deb biladi. Hizb-ut Tahrir qo’rqoqlikdan emas, aksincha, shar’iy hukmlarga amal qilgani uchun va davlat tiklashda Rosululloh s.a.v.ga ergashganligi uchun shunday yo’l tutadi”, deyiladi jumladan Hizb-ut Tahrir tarafidan chiqarilgan bayonotda.

Izohlar yo'q