“Yevropaga boshpana izlab borgan barcha qochqinlarning soni bor-yo’g’i 130 mingni tashkil qiladi. Men shuni aytmoqchiman, ajabo! Yevropa shunchalik imkoniyatlarga ega bo’lsa ham, nima uchun bu qochqinlarga eshiklarini ochmayapti? Nima uchun ularni qabul qilmayapti? Yoki, nima uchun ey Turkiya sen 1,5 million qochqinni qabul qilding, bizga ham qoldimi, biz qanday yordam berishimiz mumkin, demayapti? Ularning bunday dardi yo’q. Yevropa ittifoqi ham shular jumlasidan. 300 ming insonning qatl qilinishiga jim qarab turgan dunyo bugunga kelib Kobani uchun ayoqqa turdi. Bu juda yaxshi, ammo Dar’o qirg’in qilinganda qaerda edingiz? Idlib, Hama, Humus shaharlarining kuli ko’kka sovurilar ekan, siz qaerda edingiz? Kurt ishchilar partiyasi kabi qo’li qonga belangan terrorchi guruhga qayrilib ham qaramagan dunyo IShID terrorchi tashkilotiga qarshi darhol birlashishdi. Bu ham yaxshi, ammo Kurt ishchilar partiyasi bizning o’lkamizda 40 ming kishini o’ldirganda qaerda edingiz? Iroq hukumati mazhabchilikni avj oldirar ekan, AQSh ham, BMT ham, Yevropa Ittifoqi ham bunga e’tibor bermadi. IShID terrorchi guruhi o’rtaga chiqishi sababli neft buloqlariga tahdid tug’ilishi bilan darhol ishga aralashishdi. Demak bularning dardi inson emas neftdir. G’arb shirkatlari unga ega bo’lib olgan”, dedi Turki prezidenti.
Turkiston:
Erdogan Kobani masalasida AQSh, BMT va Yevropa Ittifoqini tanqid qilar ekan, o’zi ham AQSh tuzgan o’sha nosog’lom koalitsiyaga qo’shilganligi haqida gapirmadi. Uning o’zi xam Iroq, Suriya shaharlari er bilan yakson qilinayotganida jim qarab turib, masala kurdlarga etib kelganida dod voy sola boshlaganini izohlamadi. Balki AQShning asl maqsadini ikkinchi darajali maqsadi bilan almashtirib, ummatni chalg’itmoqchi bo’layotgandir. To’g’ri, AQSh Islom olamidagi boyliklarga ko’z olaytirib, talon taroj qilib kelayotgani va bu yo’lda har qanday ishga tayyor ekanligi hech kimga sir emas. Ammo uning birinchi maqsadi bu emas, balki bu ishlardan asosiy maqsad yaqin kunda dunyoga kelishi kutilayotgan Payg’ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatining tiklanishini imkon qadar kechiktirishdir.