Turkiyaning koalitsiyaga qo’shilishi AQShni mamnun qildi

0
463

Iroq va Suriyadagi terrorchi (Islomiy) guruhlar tarafidan Turkiyaga uyushtirilishi mumkin bo’lgan hujumlarni bartaraf etishga qaratilgan Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovuto’g’lining taklifi Turkiya parlamentida ijobiy qabul qilinishi AQSh hukumati tarafidan mamnuniyat bilan qarshi olindi.

AQSh tashqi ishlar vazirligining so’zchisi Jennifer Psaki matbuot brifingida ayni mavzu borasida berilgan savolga “Turkiya bilan yaqin aloqadamiz. Turk harbiylarining koalitsiya tarqibiga kirishiga parlament ko’pchilik ovoz bilan rozilik berganligini mamnuniyat bilan qarshi oldik. IShID Iroq va Suriyada tug’dirayotgan tahdidlarga qarshi hamkorlikda faoliyat olib borish yuzasidan turk mas’ullari bilan yuqori darajali uchrashuvlar bo’lib o’tdi. Uchrashuvlar yana davom etadi. Bu hamkorlikni kuchaytirish umididamiz”, deb javob berdi.

Turk rahbarlarini bu koalitsiyada muhim rol o’ynash istagida ekanligini bildirib, bundan AQSh hukumati g’oyatda xursand bo’lganligini aytib o’tgan Psaki Turkiya davlati terrorga (Islomga) qarshi kurash yo’lida muhim hamkor va NATOda ham asosiy o’rinni egallagan ittifoqdosh o’lka ekanligini ta’kidlab o’tdi.

“Turk diplomatlarining garovga olinishi sababli o’tgan haftalardagi holatlarni bilamiz. Endi oldinga olg’a siljishga tayyormiz. Ular ham faol hamkor bo’lish istagida ekanligini bildirishdi”, dedi Psaki.

Mustaqil tahlilchilarning fikriga ko’ra, AQSh Turkiya hukumati bilan hamkorlik qilmay turib Suriya masalasini hal qila olmaydi. AQSh va Turkiya o’rtasida bir qancha yopiq eshiklar ortida uchrashuvlar bo’lib o’tganligiga ishora qilib o’tgan siyosatchi Muhammad Hanafiyning ta’kidlashicha, AQSh bu borada Turkiyaga muxtoj va Turkiyasiz biror natijaga erisha olmaydi.

“Biz bir necha yillardan buyon bu haqida aytib kelamiz, Suriya masalasini hal qilishda muhim o’lkalardan biri Turkiyadir. Ya’ni Turkiya bo’lmasa AQSh Suriya masalasini hal qila olmaydi. Saudiya bilan ham, Eron bilan ham, Livan bilan ham, Iroq bilan ham, yoki boshqa davlat bilan ham, yoxud AQShning o’zi to’g’ridan-to’g’ri Suriya muammosini hal qilish imkoniyatiga ega emas”, deya ta’kidlaydi Hizbut Tahrir faoli siyosatchi Muhammad Hanafiy.

Izohlar yo'q