Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning xabar qilishicha, sammitda Pokiston, Xindiston va Eron davlatlariga tashkilotga to’laqonli a’zo bo’lish imkonini beruvchi qaror qabul qilinishi kutilmoqda. Sammit yakunlanishi bilan tashkilotga raislik qilish vazifasi bir yil muddatga – keyingi sammitga qadar – Rossiyaga o’tadi.
“Dushanbeda bo’lib o’tadigan sammitda, ShHTga yangi a’zolarni qabul qilish bo’yicha sharoit paydo qiluvchi huquqiy, ma’muriy va moliyaviy me’yorlarni yakunlovchi qaror qabul qilish kerak bo’ladi”, – dedi Sergets Lavrov.
“Bu esa Rossiya raisligi davrida tashkitlotni kengaytirish jarayonini boshlashga imkon beradi. Bunga qo’shimcha ravishda kuzatuvchi davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirishga ko’maklashamiz”, – deb qo’shimcha qildi Lavrov.
Uning so’zlariga ko’ra, tashkilotga to’laqonli a’zo bo’lish uchun Pokiston, Xindiston va Eron davlatlari ariza topshirishgan.