“NATO Tezkor kuchlari” tashkil qilindi

490
0

nato_460NATO ittifoqining Uelsda bo’lib o’tgan ikki kunlik sammitida “NATO Tezkor kuchlari”ni tashkil qilish borasida kelishib olindi. Bu “tezkor kuchlar” NATO ittifoqiga a’zo davlatlarga nisbatan tahdid tug’iladigan bo’lsa 48 soat ichida u erga etib borishi, shuningdek Ukrainadagi inqiroz kabi holat yuz bergan holda uni to’xtatuvchi rol o’ynay olishi aytilmoqda.

 Xabarlarda aytilishicha, “NATO Tezkor kuchlari” Rossiyaning Ukraina borasida yuritgan siyosati sababli tashkil qilingan bo’lsa ham, ammo hozirgi vaziyatda qaysi tarafdan kelmasin, har qanday tahdidga qarshi tura oladigan darajada bo’ladi. Bu tezkor kuchlarni tashkil qilishdan yana bir maqsad tahdidga yuzma-yuz kelib turgan NATOga a’zo davlatlarni xotirjam qilishdir.

“NATO Tezkor kuchlari”ning eng yuksak darajadagi xos kuchlari turli o’lkalarda joylashtiriladi. Ular ikki kun ichida tegishli o’lkaga yuboriladigan darajada xalqaro amaliyotlar uchun tayyor turishadi.

“Tezkor kuchlar” quruqlik qo’shinlaridan tashkil topgan. Minglagan askarlarni o’z ichiga olgan bu kuchlarga – zarur bo’lganda – dengiz va havo kuchlari tarafidan dastak berilishi rejalashtirilgan. Undagi harbiylarning soni aniq belgilanmagan bo’lsa ham, biroq inqirozning yoki tahdidning kattaligiga qarab o’zgarishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.