«Ularning sizlarni yomon ko’rishlari og’izlaridan oshkor bo’ldi. Dillaridagi adovatlari esa yanada kattaroqdir»
22 avgustda singlimiz Zulfiya Omonova Qirg’iziston respublikasi Osh shahar sudida sud qilindi. Sudyalar hay’ati Kubatov Ayvar, Mirzabekov Po’lat va Abdildaev Almazlardan iborat bo’ldi. Singlimiz sudya Qo’jamqulov Ramazonning 2014 yil 1 iyunda qo’ygan ayblovidan ya’ni 50 ming so’m miqdorida solgan jarimasidan oqlandi va bir yil muddatli shartli qamoq jazosi hukmi chiqarildi. Sud tergovchi va ekspertlar kelmagani natijasida qayta-qayta orqaga surilishi sababli kechiktirilgan edi. Sud majlisi 13 maydan buyon sakkiz marta kechiktirildi. Bu esa ular Zulfiya va uning oilasi ustidan masxara qilib kulishayotganini anglatadi.
Oldingi tinglov majlisida prokuror Raimqulova singlimiz Zulfiyani «ekstremistik» faoliyat olib borganlikda aybladi va sudyadan uni jinoyatchi deb hisoblab uni 5 yil muddatga qamoq jazosi bilan jazolashni talab qildi.
Biz shunday savol tashlamoqchimiz: singlimiz Zulfiyani sud qilish va jazolash uchun bo’lgan bu harakat sudyalar va prokuratura xodimlarining shaxsiy tashabbusi bilan bo’ldimi yoki singlimizning otasi shahid Omonov Hamidullohni o’g’irlab ketib, 14 yil davomida qamoqda qiynoqlarga solib, uning irodasini sindira olishmagach uni vahshiylarcha o’ldirib yuborgan O’zbekistondagi jinoyatchi rejim tomonidan berilgan buyruqlar bilan bo’ldimi? Yoki Qirg’izistonda tuzilgan va Islom bilan musulmonlarga qarshi kurashda qo’shnilari izidan borayotgan yangi hukumat buyrug’i bilan bo’ldimi? O’z xalqini butunlay yuzsizlarcha repressiya qilayotgan, odamlar o’rtasida mast qiluvchi ichimliklarni va razolatga to’la hayotni targ’ib qilayotgan, o’z xalqini tirikchilik luqmasi uchun uzoq mamlakatlarga ko’chib ketishga majbur qilayotgan mana shu hukumat buyrug’i bilanmi? Zaifa ayollarga kuchini ko’rsatib ularni qamoqlarga tashlayotgan, erlarini o’ldirib bolalarini etim qilayotgan mana shu hukumat buyrug’i bilanmi?
Biz yana shunday savol tashlaymiz: sizlar Alloh Subhanahu va Taolodan qo’rqadigan singlimiz Zulfiya Omonovani qaysi asosda ayblayapsiz?! Sizlar qaysi asosda pokiza opa-singillarimizni qamoqqa tashlayapsiz?! Sizlar muslima ayollarga tajovuz qilish va ularga ozor-aziyat etkazadigan har qanday ishni qilish harom, juda qattiq harom ekanini bilmaysizlarmi?! Chunki Alloh Subhanahu va Taolo O’zining ulug’ Kitobida mo’minlar va mo’minalarga ozor-aziyat etkazishning yomon oqibatidan ogohlantirdi. Alloh Subhanahu va Taolo dedi:
«Mo’min va mo’minalarga biron gunoh qilmasliklaridan ozor beradigan kimsalar ham bo’hton va ochiq gunohni o’z ustlariga olibdilar» [Ahzob 58]
Ey sudyalar, prokurorlar, ey Atambaev, biz sizlarni Alloh Taoloning ushbu qavlidan ogohlantiramiz:
«Mo’min va mo’minalarga biron gunoh qilmasliklaridan ozor beradigan kimsalar ham bo’hton va ochiq gunohni o’z ustlariga olibdilar» [Ahzob 58]
Shijoatli singlimiz Zulfiya o’z haq-huquqini talab qilmoqda, o’z otasi jasadini qaytarib berish va uning qotillarini jazolash to’g’risidagi haq-huquqini talab qilmoqda! Bu uning Xoliq Azza va Jalla bergan haq-huquqidir! Bu pozitsiya butunlay ehtiromga sazovor pozitsiyadir!
Biz sizlardan so’raymiz! Nega sizlar birodarimiz Omonov Hamidullohga xiyonat qilgan va uning o’g’irlanib ketishiga yo’l ochib bergan jinoyatchilarni fosh qilmadingiz, o’z mas’uliyatingizni nega bajarmadingiz?! Nega o’sha paytda birodarimiz Omonov Hamidullohni ozod etilishini talab qilmadingiz?! O’shanda ham o’zingizning sudyalar va prokurorlar mansabida edingiz-ku?! Bu vazifangiz edi-ku?! Bir zaif musulmonning izzat-hurmatiga tajovuz qilinishiga sukut qilib turaverishga qanday rozi bo’lasiz axir? Uni himoya qilish uchun nega harakat qilmaysiz?!… Mo’minlarga va mo’mina ayollarga aziyat-ozor berishga indamay sukut qilib turaverish juda katta zulm va gunohning chuqur zulmatlariga botish-ku axir?!
So’zimiz oxirida shuni aytamizki, biz Hizb ut-Tahrir a’zolari Alloh nusrati va Payg’ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik tiklanishiga yaqin qolganiga to’la ishonchdamiz… Xalifalik haq va adolat nuri bilan hamma yoqni ziyoga to’lg’azadi… O’shanda Xalifalik sudida bu Ummat farzandlariga tajovuz qilgan har bir zolim turib javob beradi va o’zi loyiq bo’lgan jazoni oladi… Bu esa Allohga aslo qiyin emas.
«O’sha kunda mo’minlar Alloh g’olib qilgani sababli shodlanurlar. (Alloh) O’zi xohlagan kishini g’olib qilur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir» [Rum 4-5]
Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi
Manzil: alMazraa – «Kolumbia TSentr» – Blok B – ikkinchi qavat
Pochta qutisi 145010
Telefon: 00961 1 30 75 94
Uyali telefon: 00961 71 72 40 43
Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info