Qrimda rus politsiyasi madrasalarni bosdi

518
0

2014-09-01-12-09-29Rossiya hukumati Qrim yarim orolini o’z tarkibiga qo’shib olgandan so’ng u erdagi musulmonlarga nisbatan tazyiq va zulmlar kuchaygani kuzatilmoqda. Keyingi paytlarda islomiy madrasalarda rus qurolli kuchlar tarafidan bosqinlar ko’paygan. Hukumatning da’vosiga ko’ra, tintuvdan maqsad radikal Islomga (ya’ni siyosiy Islomga) targ’ib qiluvchi nashralar va Rossiyada ta’qiqlanib, qora ro’yxatga kiritilgan kitoblarni yo’q qilishdir.

Qrim axborot agentliklarida tarqatilgan xabarlarda aytilishicha, birinchi tintuv Oqmachit mintaqasidagi Bulganak qishlog’ida bo’lib o’tgan. Tong mahal soat 6:00 chamasi, o’quvchilar uyquda mahali 30 nafar qurolli kishilar madrasaga bostirib kirgani aytiladi xabarda. Biroq rus politsiyasi va federal xavfsizlik xizmati madrasadan qurol yoki ta’qiqlangan hech qanday kitob topisha olmagan.

Rossiya sud tizimi tarafidan Islom diniga oid ikki mingdan ortiq kitoblar qora ro’yxatga kiritilgan. Qonunga ko’ra, ta’qiqlangan kitoblarni chop etgan, tarqatgan, uyida yoki boshqa erlarda saqlagan kishilar va tashkilotlarga og’ir jazolar beriladi.

Rossiya hukumati Qrimda joylashgan o’nta madrasada tintuv ishlarini o’tkazdi. Tintuv amaliyotlariga Rossiya federal xavfsizlik xizmati, sog’likni saqlash vazirligi, prokuratura, o’t o’chirish xizmati va boshqa tashkilotlardan vakillar ishtirok etmoqda.

Oqmachitdagi ta’lim markazining rahbari Yasin Yilmazning aytishicha hukumat kuchlari o’tgan hafta ham madrasada tintuv o’tkazishgan.

“O’tgan hafta tintuv o’tkazishdi. Kitoblarimizni nazoratdan o’tkazishdi. Madrasaning har bir tarafini tekshirib chiqishdi. 3 dona ta’qiqlangan “Ilmihol” kitobini topishdi”, dedi Yasin Yilmaz.

Qrim muftiligi o’quv yili boshlanishidan avval ham tintuv o’tkazilganligini bildirdi. Ammo hozirgisida faqat tintuv o’tkazibgina qolmay, bosqin ham uyushtirishmoqda. Qonunga ko’ra, hukumat kuchlari tintuv o’tkazishdan avval Qrim musulmonlari diniy idorasiga xabar berishlari lozimdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.