O’zbekiston NATO bilan aloqalarini 1991 yilning dekabrida o’rnatdi. Ammo G’arb davlatlarini Karimovning O’zbekistonda sodir etayotgan jinoyatlariga bo’lgan munosabatlariga qarab, goh sovuqlashib, goh iliqlashib turdi.
1994 yil iyulida O’zbekiston alyansning “Tinchlik yo’lida hamkorlik” dasturiga qo’shildi.
Shu yilning may oyida esa, Toshkentda NATOning Markaziy Osiyo davlatlari bo’yicha vakolatxonasi ochildi. Bu orqali Karimov Rossiyadan uzoqlashib, G’arb bilan yaqinlashish sari bir qadam tashladi.
O’z navbatida, Afg’onistondagi o’zining bosqinchi kuchlarini olib chiqib ketish muddati yaqinlashgani sari G’arb davlatlari ham imkon qadar O’zbekiston, xususan Karimov bilan aloqalarini yaxshilashga intilishmoqda.
Abdulaziz Komilovni NATO sammitiga taklif qilinishi ham bejiz emas.