G’ayrimusulmonlar bilan emoq-ichmoq va kiyim-kechak masalasida dini bo’yicha muomalada bo’lish to’g’risidagi savolga javob

0
727

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Rashtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

Adnon Xon (Adnan Khan)ning g’ayrimusulmonlar bilan emoq-ichmoq va kiyim-kechak masalasida dini bo’yicha muomalada bo’lish to’g’risidagi savoliga javob

Savol:

Assalamu alaykum!

«Xalifalik davlati dasturi loyhasi» kitobi 7 modda 4 bandda «G’ayrimusulmonlarga oziq-ovqat va liboslarga taalluqli bo’lgan ishlarda – shariat ahkomlari ijozat bergan doirada – o’z dinlariga muvofiq muomala qilinadi», deyilgan. Savolim kiyim-kechak haqida: Muslima bo’lmagan ayollarga tanalarini yopib turishi va ko’zga tashlanmaydigan bo’lishi sharti bilan uzun ko’ylak yoki shim bilan ko’ylak kabi har qanday kiyim kiyishlariga ruxsat beriladimi yoki ulardan ham muslima ayollar kabi, ro’mol va jilbob kiyish talab qilinadimi? O’zi Islom tarixida g’ayrimuslimalar libosiga nisbatan qanday munosabatda bo’lingan? Ularga xohlagancha kiyinishlariga qo’yib berilganmi yoki islomiy libos kiyishga majbur qilinganlarmi?

Alloh sizni yaxshilik bilan taqdirlasin!

Birodaringiz Adnon-Birlashgan Qirollikdan.

 Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh!

Haqiqatdan ham siz so’ragan savol mazkur kitobda «G’ayrimusulmonlarga oziq-ovqat va liboslarga taalluqli bo’lgan ishlarda – shariat ahkomlari ijozat bergan doirada – o’z dinlariga muvofiq muomala qilinadi», deyilgan. Siz shu liboslar haqida so’rayapsiz, buning javobi quyidagicha:

Ushbu band kiyimlarga nisbatan ikki cheklovni kiritgan:

Birinchi cheklov: «o’z dinlariga muvofiq», degan so’z. Ya’ni ularning o’z dinlariga muvofiq kiyim kiyishlariga ruxsat beriladi. O’z dinlariga muvofiq kiyim kiyishlari deb, dindor erkak va dindor ayollarining kiyinishlarini aytiladi. Ya’ni ruhoniy va rohiblar liboslari hamda ruhoniy ayol va rohiba ayollar liboslaridir. Bu liboslar ularning dinida qayd etilgan bo’lib, ularning erkak va ayollari o’sha liboslarni kiyishlari mumkin. Birinchi cheklovga nisbatan shunday.

Ikkinchi cheklov esa «shariat ahkomlari ijozat bergan doirada», degan so’z. Bu umumiy hayot ahkomlaridan bo’lib, musulmon va g’ayrimusulmon, erkak va ayollardan iborat Islom davlatining barcha fuqarosini o’z ichiga oladi.

• O’z dinlariga muvofiq liboslar, degan so’z istisno qilingan;

• O’z dinlariga muvofiq bo’lmagan liboslar esa umumiy hayotga taalluqli shar’iy ahkomlarga muvofiq bo’ladi. Bunga erkaklar va ayollar tegishli;

Umumiy hayot libosi «Islomda ijtimo nizomi» kitobida mufassal aytilgan va bu musulmonu g’ayrimusulmon doxil barcha fuqaroga tegishli bo’lib, g’ayrimusulmonlar bundan istisno qilinmaydi, faqat yuqorida aytganimizdek, o’z dinlariga muvofiq liboslargina istisno qilinadi. Bundan boshqalar esa ayollar satri avrat qilishlari va yasanmasliklari, jilbob kiyib, ro’mol yopinishlari shart, chunki shim ham yasanishga kirib, u ayol avratini yopsa-da, biroq uni umumiy hayotda kiyishlari joiz emas.

Tarixiy voqega kelsak, butun Xalifalik zamonida muslima ayollar ham, g’ayrimuslima ayollar ham jilbob kiyganlar, ya’ni uyda kiyadigan ko’ylaklari ustidan keng ko’ylak kiyganlar va boshlarini o’raganlar, muslima va g’ayrimuslimalar yashagan ayrim qishloqlar ham libosda farq qilmagan. Hatto Xalifalik ag’darilgandan keyin ham ushbu islomiy liboslar talay miqdorda saqlanib qolgan. Agar siz Falastindagi etmish va sakson yoshdan oshgan keksalardan so’rasangiz, o’sha qishloqlarda bir xil islomiy libos kiygan muslima va g’ayrimuslimalarni ko’rganmiz, deya javob beradilar.

Shu aytganlarim savolingizga etarli javob bo’ladi, degan umiddaman.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Rashta 22 shavvol 1435h 18 iyul 2014m

Izohlar yo'q