Rus armiyasi Ukrainada harbiy amaliyot boshlashga tayyorgarlik ko’rmoqda

740
0

140828152105_natoRossiya o’zining minglagan askarlarini Ukraina chegarasidagi Millorevo harbiy havo bazasiga joylashtirganligi aytilmoqda. NATOning Belgiyadagi markaziy qarorgohida General Niko Tak matbuot anjumani tashkil qildi. General Tak anjumanda sun’iy yo’ldosh orqali suratga olingan Millorevo harbiy havo bazasidagi o’zgarishlarni taqdim qildi. Takning ma’lum qilishicha, Rossiya mintaqaga kuchli va hujumkor otryadini joylashtirgan.

General Niko Tak ikki hafta ichida Ukrainada Rossiya harbiylarining soni yanada ortishi mumkinligini bildirdi. Tak matbuotga taqdim qilgan sun’iy yo’ldosh orqali olingan tasvirlarda ruslarga qarashli bir lagerda va rossiyaparast ayirmachilar o’rnashib olgan mintaqada samalyotlarni nishonga oladigan qurollar va tank batalonlari joylashtirilganligi ko’rinadi. Rossiyaning qurollari yuksak darajada zamonaviy ekanligiga e’tibor qaratgan Tak Rossiya armiyasi Ukrainada harbiy amaliyot boshlashga tayyorgarlik ko’rayotganini bildirdi.

NATO generali Tak razvedka ma’lumotlariga tayangan holda bergan bayonotida, mintaqaga kelgan rus harbiylarining soni juda ko’p ekanligini qayd etdi. Shuningdek Takning ta’kidlashicha, Rossiya harbiylari Ukrainadagi ayirmachi kuchlarga juda ko’p miqdorda zamonaviy qurol yaroqlar va tanklar va zirhli avtomashinalar etkazib bergan. Gollandiyalik general bu qurollarning ayirmachilarga topshirilishi va rus harbiylarining mintaqaga joylashtirilishi u erdagi vaziyatning tobora keskin tus olayotganidan darak berayotganligini urg’uladi.

NATO bosh kotibi Andres Fog Rasmussen ham Bryusselda bo’lib o’tgan uchrashuvdan so’ng so’zlagan nutqida Rossiyani Ukrainada beqaror vaziyatni vujudga keltirishda aybladi.

Ayni kunda Moskvada tashkil qilingan matbuot anjumanida so’zlagan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bu ayblovlarni rad etib, ayblayotganlarning hech qanday dalil isbot yo’qligini bildirdi.

“Bunday ayblovlar bir necha bor takrorlandi. Ukraina inqirozi boshlangandan buyon bu ishda doim Rossiyani ayblab kelishadi. Turli xil tuhmat-bo’htonlarni birinchi marta eshitayotganimiz yo’q. Lekin ular bizga biror marta dalil isbot keltirgan emas”, dedi Rossiya Tashqi ishlar vaziri Lavrov.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.