“Bu hujumlar uchun Hamas javobgardir va buni og’ir shaklda o’taydi. Isroil armiyasi hujumlarini yanada kuchaytiradi”, dedi Isroil prezidenti.
Isroil armiyasining so’zchisi Mikki Rozenfeld tivitter ijtimoiy tarmog’i orqali bergan bayonotida mamlakat janubidagi Sharrun-Niqob mintaqasiga tushgan minamiyotlar bir yosh bolaning o’limiga sabab bo’lganligini da’vo qildi. Rozenfeldga ko’ra, hujum oqibatida binolar va avtomobillarga ham zarar etgan.
Netanyahuning so’zchisi Ofir Gendelman o’zining bayonotida aytishicha, Prezident Netanyahu bu hujumning javobgarligi og’ir bo’lishini aytib, Isroil armiyasi va Isroil xavfsizlik kuchlari G’azodagi Hamasdan boshqa guruhlarga ham hujumlarini kuchaytirishini bildirdi.
Isroilda bitta bola halok bo’lgan bo’lsa, birgina kechaning o’zida Isroil armiyasining hujumidan 13 nafar falastinlik halok bo’ldi. 47 kun davom etgan hujumda 2105 falastinlik halok bo’lgan bo’lsa, ulardan kamida 563 nafari yosh bolalardir.
“Misr hukumati isroillik va falastinlik elchilarga muzokaraga qaytish uchun da’vat yo’llaydi”, dedi Falastin prezidenti.