“Reuters” axborot agentligi tarqatgan xabarga ko’ra, Angliyada musulmonlarga qarata qilinayotgan bosimlar va hujumlar mamlakatda istiqomat qilayotgan muslima ayollarning rumol o’rab yurishlariga jalb qilmoqda. Islomofobik hujumlarga duch kelayotgan muslimalar uchun bu holat ularning ko’zlari ochilishiga sabab bo’layotgani aytiladi xabarda.
Agentlik tarqatgan xabarda Angliyaning poytaxti Londonda istiqomat qiladigan bir muslima qizning rumol o’rashni boshlash xikoyasi keltiriladi. Gzetaning yozishicha, Sumren Faruk ismli yosh qiz London ko’chalarida uchragan hujumlar tufayli rumol o’rab yurishga qaror qilgan. Axloqsiz hujumlarga javob sifatida va o’zining muslimaligini belgisi sifatida rumol o’rab yurishga qaror qilganligini aytadi Sumren gazeta bilan o’tkazgan suhbatda.