Uyg’ur muslimalari har tomondan quvg’inga uchramoqda

0
581

Uyg’ur muslimalari har tomondan quvg’inga uchramoqda

2014 yil 6 avgust kuni «Ozod Osiyo» radiosi Xitoyning shimoliy g’arbidagi Shinjon viloyatida joylashgan Karamay shahrida islomiy libos kiygan ayollarga ommaviy transport vositalariga chiqish taqiqlangani haqida xabar tarqatdi. «Karamay Daily» ro’znomasiga ko’ra, Xitoy hukumati hijob, chimmat yoki yulduz va oy ramzi tushirilgan har qanday islomiy libos kiygan ayollarga mahalliy avtobuslarga chiqishga taqiq qo’ygan. Ayni ro’znomada mazkur taqiq «uzun soqol» qo’ygan erkaklarni ham o’z ichiga olgani aytiladi hamda «nazorat guruhiga yordam ko’rsatmagan shaxslar ham politsiya tomonidan qamoqqa olinishi», ta’kidlanadi. Aynan shu sanada «Bloomberg» axborot agentligi xabariga ko’ra, kommunistik partiyaning Shinjondagi raisi Chjan Chunsyan musulmon uyg’urlar tug’ilishiga yana yangi cheklovlar kiritilganini aytgan. Xitoy o’z fuqarolariga faqat bitta bola tug’ish siyosatini joriy qilayotgani etmagandek, Chjan Chunsyan «TSyushi» jurnalining avgust oyi soniga bergan o’z intervyusida Shinjon janubida «nisbiy tug’ilish miqdorini kamaytirish va uni bir maromda saqlash maqsadida barcha etnik guruhlarda oilani tartiblashtirish siyosati joriy qilinishi»ni aytdi.

Bu musulmonlarga dushmanlik qiluvchi Xitoy rejimining uyg’urdagi ozchilik musulmonlarga, ularning islomiy ibodatlariga va e’tiqodlariga qarshi olib borayotgan navbatdagi diskriminatsiyachilik siyosatidir. Shu bois uyg’ur muslimalari bunday mustabid rejimning islomiy liboslardan voz kechishga majburlash uchun muntazam tarzda olib borayotgan bosimlariga duch kelayotganlari etmagandek, endi Alloh ularga in’om etgan ko’pfarzandlik va istaganlaricha oila a’zolarini ko’paytirish huquqlaridan ham mahrum bo’ldilar! Bu Xitoy hukumatining mintaqada Islomning kengayishiga chek qo’yish uchun etnik musulmonlarga qarshi hujumlarining faqat bir tarafi, xolos. Ilgari ham bu hukumat yovuzlik bilan uyg’ur muslimalarini homilalarini – hatto to’qqiz oylik bo’lsa ham – oldirishga majburlagan edi. Bundan tashqari, Xitoy rejimi shu yilning iyul oyida Shinjondagi Yarqand shahrida o’nlab uyg’ur musulmonlarni qirib tashladi.

Bu qonxo’rliklar shunday bir paytda ro’y bermoqdaki biz bu paytda G’azo, Suriya, Pokiston, Myanma kabi islomiy yurtlarda pokdomon muslima ayollar qirg’in qilinayotganiga guvoh bo’lmoqdamiz. Islom Ummatining qizlari Sharqdan tortib G’arbgacha odamsimon bo’rilar hujumiga uchramoqda. Buning sababi ularning jonlari, nomuslari va aqidalarini himoya qiladigan bir

etakchining yo’qligi, albatta. Haqiqatda ham, uzundan-uzun zulmatli to’qson yil ichida, musulmonlarning qalqoni va homiysi bo’lgan Xalifalik davlati qulatilgandan buyon muslima ayollar xorlanmoqda, og’ir qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda, osoyishtaligini yo’qotmoqda, quvg’in, qirg’in va vayronagarchilikka uchramoqda.

Muslima ayollar demokratik va diktatorlik boshqaruvi ostida kufr hukmdorlari va rejimlarining qurbonlariga aylandilar. Bu rejimlar muslimalarning na joni va na qoniga parvo qiladigan mavjud xalqaro tizimning istak va ko’rsatmalari bilan muslimalarning repressiya va qirg’in qilinishiga yo’l bermoqda. Xalqaro tizim islomiy olamdagi bu qo’g’irchoq hukmdorlarga homiylik qilayotgan bo’lsa, bu hukmdorlar opa-singillarimizdan butunlay voz kechishdi, ularda insoniylik tuyg’usi zarracha qolmadi. Ular ilmoniy millatchi tuzumga, buzuq kapitalizm dunyosiga yuvindixo’rlik qilishdan boshqani bilmaydigan bo’lib qolishdi.

Ey islomiy armiya o’g’lonlari!

Opa-singillaringiz musibati sizni bezovta qilmayaptimi? Ularning ko’z yoshlari qalbingizni og’ritmayaptimi? Shomdan to Xitoygacha bo’lgan bu opa-singillaringiz sizga nola qilishib, hurmatda, xavfsizlik va omonlikda hayot kechiraylik, islomiy

vazifalarimizni bajaraylik, deya umid qilib, sizdan Xalifalik davlatini barpo qilishga nusrat-yordam berishingizni talab qilmoqdalar, sizga aka-ukalarimiz, deya umid bog’lab, ularni repressiyadan qutqarishingizni kutmoqdalar. Bas, ulardan voz kechmang, ularni iflos kofirlar qo’liga tashlab qo’ymang. Chunki Alloh Subhanahu va Taolo sizni guvohi bo’lib turganingiz ishlardan albatta hisob talab qiladi hamda Ummatimni va dinimni mudofaa qilaman, deya zimmangizga olgan burchingiz haqida sizdan albatta so’raydi. Siz bu rejimlarga emas yolg’iz Alloh Subhanahuga bo’ysuning. Chunki siz xizmat qilayotgan bu rejimlar o’zlarini Allohning va mo’minlarning dushmanlari ekanliklarini bir necha bor isbotlashgan. Shu bois bugungi kun ansorlari, Xalifalik qo’shinlari bo’lish orqali qayta o’z ulug’ligingizga ko’tarilib, Alloh Subhanahu va Taoloning rizosiga erishishga, jannatini qo’lga kiritishga qattiq harakat qiling.

«Kimda-kim Alloh va Rosuliga itoat qilsa, ana o’shalar (oxiratda) anbiyolar, siddiqlar, shahidlar va solihlar doxil Alloh in’omlariga sazovor bo’lgan zotlar bilan birga bo’ladilar, ular eng yaxshi hamrohdirlar» [Niso 69]

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi ayollar qismi

Faks: 00961 130 75 94

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Izohlar yo'q