Yana bir malay axlat qutisiga uloqtirildi

501
0

vbIroq bosh vazirligi mansabidan voz kechmay, oyoq tirab turib olgan Moliki ortiqcha bosimlarga bardosh bera olmay ortga chekinishga majbur bo’ldi. Ichki va tashqi bosimlar ortidan Molikiy o’z mansabini Iroq prezidenti tarafidan hukumat tashkil qilish vazifasi yuklatilgan Haydar Ibodiyga topshirishni qabul qildi.

Iroq prezidenti Fuad Mahsum Molikiyning o’rniga shiyalar ittifoqining nomzodi bo’lgan Ibodiyga hukumat tashkil qilish vazifasini yuklagan edi. Ammo Molikiy esa shu vaqtgacha prezidentning bu qarorini tan olmasligini bildirib kelayotgan edi.

Keyingi kunlarda Molikiyning so’zchisi Ali Musaviy bir bayonot chiqarib, Molikiy Iroq Prezidenti ustidan davlat konstitutsiyasini buzganlikda ayblab yozgan shikoyatini qaytarib olishini bildirdi.

“Molikiy va Ibodiy birgalikda televideniyaga chiqishadi. Molikiy Iroq prezidenti ustidan yozgan shikoyatini qaytarib oladi va yangi bosh vazirni qo’llab quvvatlaydi”, dedi Musaviy bayonotida.

Shundan so’ng Molikiy Iroq televideniyasi orqali chiqish qilib, bosh vazirlikdan istefo berganligini va bundan buyog’iga ham bosh vazir bo’lish da’volaridan chekinganligini bildirdi.

Molikiy boshida bosh vazirlik mansabini topshirmay, qattiq turib olgan edi. Ammo mamlakat tashqarisidan va ichkaridan kelgan bosimlar ortidan mansabini topshirishga majbur bo’ldi. Molikiyning ortga chekinishiga Amerika va Eronning ta’siri kuchli bo’lganligi aytilmoqda. AQSh davlat kotibi Jon Kerri Iroqda tinch yo’l bilan iqtidor almashish vaqti kelganligini urg’ular ekan, Molikiyning bosh vazirlikdan chekinishini “muhim va maqtovga sazovor qaror”, deya sifatladi. Oxirgi marta Eronning diniy rahbari Homanayi ham yangi bosh vazir Ibodiyni qo’llab bayonot bergan edi.

Turkiston:

Liviya prizidenti Kazzofiy, Iroq prizidenti Saddam, Misrning avvalgi prizidenti Muborak va keyingisi Mursiy… va xokazo tarixda o’tgan xoin etakchilarimizning intiqomlari, Molikiy, Karzay va boshqa birin ketin o’z navbatlarini kutib turgan islomiy yurtlar raxbarlarining naxot ko’zlarini ochmasa. Ular kufr manfaatlari uchun kerak bo’lganlaridagina ular tomonidan ikromlanishadi.

Molikiyning xam missiyasi tugadi. U Sun’iylar, Shi’alar va Kurd millati o’rtalarini keskinlashtirib berdi. Endi vaziyatni go’yoki tinchlikparvarlik bilan chigallashtirish jaroyoni boshlanadi. Bu esa, ilgarigi Molikiyning AQSh maslaxati bilan olib borgan barcha amallarini qoralash, barcha muammolarni unga to’nkash kabi xiylalar bilan olib boriladi. Shuning uchun yangi xokimiyat yana o’sha AQShning maslaxati bilan Molikiy bilan aloqalarini atayin buzub, u olib borgan ishlarga zid yo’nalishda ish olib boradi.

Endigi yo’nalish Iroqni uchga bo’lish asosida uyushtirilib, Molikiyning go’yoki noto’g’ri siyosati oqibatida izdan chiqib, mintaqalar o’zboshimcha, markazga bog’lanmasdan ish olib borishayotgan siyosatlarini tartibga solish asosida boradi. Bu esa, xar mintaqaning muammolari o’z maxalliy muammolarini xisobga olgan xolda echimni qabul qilishga majbur qiladi. Oqibatda xar bir mintaqada, o’z mazxabi yoki milliy ko’zqarashlaridan qattiq ta’sirlangan qarama qarshiliklar kelib chiqaradi. Yangi xukumatning vazifasi, shu muammolarni tinch yo’l bilan xal qilish maqsadida, ularni bir necha bo’laklarga bo’lish qarorini qabul qilishdan va shu mintaqalarga yangi davlatlar degan xalqaro qonuniy tus olib berdirishdan iborat. Naqadar osiy bo’lishmasa bu xokimlar. Lekin Payg’ambarimiz SAV “sizlar qanday bo’lsanglar, ustilaringa shunday xokimlar keladi” dedilar. Ya’ni biz mazxabparaslik va millatchilik kabi chalg’ituvchi pozitsiyalarni kufr tomonidan bizga singdirib kelayotgan fikriy yo’nalishlarga barxam berib, shu fikriy yo’nalishlardan ta’sirlanib bir birlarini qatl qilayotgan xarakatlarni to’xtatmas ekanmiz, kufr bizlarning shu zaif tomonimizdan foydalanib kelaveradi. U bizlarni bo’laklarga bo’lib tashlab, xatto xar tomonga qurollar berib, bir birlarimizni o’ldirishga yo’naltiradi.

Shuning uchun Xizb ut Taxrir butun dunyo musulmonlariga: – Faqat Islom va kufr mavjudligini, Islom ta’yin, undan tashqaridagi barcha narsa undan emasligini uqtirib keladi. Agar biz xayotimizning barcha jabxasini islomiylashtirib olmas ekanmiz xatto xolislik bilan Islom manfaatini o’ylab noshar’iy yo’l tutishimiz kufrning qadamlarini mustaxkamlaydi. Bu esa bizdan, millatchilik, Eron bilan Saudiya bosh bo’lib tarqatib kelayotgan mazxabparastlik kabi xarom bo’lgan amallarni tarqatib, shu fikrlar asosida boshqarib kelayotgan etakchilarni qabul qilmaslikni talab qiladi. Ular xox davlat raxbarlari bo’lsin, jamo’alar raxbarlari yoki shaxslar bo’lishidan qat’iy nazar.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.