“Qish og’ir keladi! Bugungi selektor yig’ilishidan so’ng murojaat matni tayyor bo’ladi. Barcha muammolarni aytib rasman murojaat qilamiz. Xalqqa ochiq aytmog’imiz darkor, agarda biz limitni oshirib yuborsak majburiy holda uni qisqartiramiz”,- dedi bosh vazir.
Avvalroq, To’qto’g’ul suv omborida suvning tanqisligi sababli hamda zarur miqdordagi suv hajmini 2015 yilning 1 apreligacha saqlab qolish uchun elektr energiyasi iste’molini 1,6 mlrd kVt-s ga qisqartirish zarurligi xabar qilingan edi. Energiya iste’moliga limit respublika bo’yicha 2014 yilning 1 oktyabridan joriy etiladi va 2015 yilning 31 martiga qadar davom etadi.