Taxminan, musulmonlar uchun muborak bo’lgan Iyd al-Fitr bayrami avjiga chiqqan vaqtda Xitoy kuch organlari tomonidan uyg’ur millatiga mansub musulmonlar yashovchi uchta qishloq bo’mbabo’ron qilingan. Shundan so’ng bu qirg’indan omon qolganlarni ham yo’q qilish uchun maxsus kuchlar jo’natilgan. Bu qirg’in natijasida ikki mingdan ziyod uyg’ur musulmonlari qurbon bo’lgan.
“Bizning qo’limizda Ramazon hayitining birinchi kuni (28 iyul) Elishku aholi punktida Xitoy xavfsizlik kuchlari ikki mingdan ziyod uyg’urlarni o’ldirgani, shundan so’ng hayitning ikkinchi va uchunchi kunlari komendatlik soati bahonasi bilan jasadlarni yo’qotishgani to’g’risida dalillar bor” – dedi uyg’urlar etakchisi Robiya Qodir “Radio Free Asia”ga bergan intervyusida.
Robiya Qodirning so’zlariga ko’ra, dalillar qatorida mahallliy aholidan kelgan ovozli xabarlar hamda voqea guvohlarining yozma ko’rsatmalari bor.