Biz bugun Alloh Subhanahu va Taolodan ro’zamizni, qiyomi layllarimizni, tahajjudlarimizu tilovatlarimizni qabul qilishini so’rab, Ramazon hayitini chiroyli jozibador liboslar kiyib, turli tuman tansiq taomlar tayyorlab, nishonlayapmiz. Biroq Falastin, Suriya kabi yurtlardagi musulmonlar loaqal bitta ibodatni bemalol xushu bilan ado etishga joy ham, vaqt ham topolmayotganlaridan, G’azodagi musulmon aka-ukalarimiz va opa-singillarimiz birinchi raqamli nishonga aylanishganidan butunlay g’aflatdamiz yoki o’zimizni bilmaganga solyapmiz. Musulmonlar Laylatul Qadrni topish bilan mashg’ul bo’lib turgan bir paytda, G’azo musulmonlari yahudiylar raketalari va uchoqlari yordamida ikki haftadan ziyod vaqtdan beri boshlariga yog’ilayotgan bombalardan saqlaydigan joyni izlab topishga urinmoqdalar. Yahudiylarning bu jinoyatlari, vahshiylarcha zo’ravonliklari dunyoning «yirik kuchlarimiz» deya da’vo qilayotganlarning hech qanday qarshiligisiz sodir etilmoqda. Holbuki, Muhammad Rosululloh A
«لَزَوَالُ الدُّنْيَا أَهْوَنُ عَلَى اللهِ مِنْ قَتْلِ مُؤْمِنٍ بِغَيْرِ حَقٍّ»
«Allohning nazdida dunyoning zavolga yuz tutishi bir mo’minning nohaq o’ldirilishidan ko’ra engilroqdir», deganlar. Yahudiylar davlatining G’azoda sodir etayotgan qirg’ini har qanday dahshatni ortda qoldirdi. Chunki qariyalar va bolalar, hatto nogironlarning tana a’zolari chor atrofda sochilib yotibdi. Bularning aybi nima edi?
Qadrli musulmon birodarlar!
Misr, Saudiya, Pokiston, Eron singari musulmonlarning yurtlaridagi son-sanoqsiz qo’shinlar qani? Bu qo’shinlar qo’mondonlari orasida ularga Alloh farz qilgan o’z burchlarini ado etmayotganidan xijolat chekayotgan, musulmonlarga yordam berish sari otilib chiqib, ikki dunyo maqtoviga erishishga, Robbiga sustkashlik va dangasalik qilmagan holda yo’liqishga oshiqadigan qo’mondonlar yo’qmi?!
Bu yurt hukmdorlari qani? Mazlum zaifhol aka-ukalari va opa-singillarini himoya qilish uchun armiyalarni safarbar qilishga shoshilishdan ularni nima to’smoqda? Nahot ularning qalbida mardlikdan yo hayodan zarracha qolmagan bo’lsa? Allohning eng najas, eng qo’rqoq xalqi hisoblangan hamda cho’chqa va maymunlar birodari bo’lgan shu yahudiylar qo’lida musulmon birodarlarining pokiza qonlari daryo bo’lib oqayotganini ko’rib, shu zarracha mardliklari va hayolari ularni harakatga undamayaptimi?!
Musulmonlarning yurtlaridagi qo’g’irchoq hukmdorlar Ummatga qarshi kofirlar bilan qachongacha til biriktiradi, musulmon aka-uka va opa-singillarining dushmanlar zulmiga, shafqatsizligiga va hujumiga uchrashi oldida qachongacha ko’r va kar bo’lib turishadi??? Deyarli hech qanday qaror qabul qilmasdan quruqdan quruq qo’llab-quvvatlash hamda yaradorlar, etimlar, tullar va miskinlar haqqiga duoi xayr qilish ortiga qachongacha yashirinishadi? Bu qo’g’irchoq hukmdorlar Rosuli a’zam A avval jangga qo’shinni saf torttirib, so’ng Allohdan nusrat so’rab duoi xayr qilganlarini bilishmaydimi? Rosululloh Aning shu ishlariga amal qiluvchilar amal qilsinlar, bu hukmdorlar esa o’z qo’shinlarini G’azo ahliga nusrat-yordam berishdan to’smasinlar, G’azo ahlini quruq duo qilib o’tiravermasinlar! Axir, qachongacha Ummat bunday hukmdorlarni ag’darishga va haqiqiy o’zgartirish yasab, qalqon va sovut bo’lgan bir xalifani olib kelishga harakat qilmay turaveradilar, zotan, bu taqvoli homiy xalifa G’azodagi va boshqa islomiy yurtlardagi musulmonlarni himoya qiladiku?!
Qadrli musulmon birodarlar!
Biz ro’za hayitini nishonlab turgan bir paytda, Sharqiy Afrikada terrorizmga qarshi kurash dastagi ostida Islom va musulmonlarga urush e’lon qilinmoqda, undagi birdan-bir qurbonlar musulmonlar bo’lmoqda. Amerika mazkur niqob ostida Islom va musulmonlarga qarshi urush qilish uchun allaqachon mana shunday qo’g’irchoq hukmdorlar yasashga, maxsus kuchlar tuzishga, ularga buning uchun kerakli qurol-yaroq va mashqlar bilan yordam berishga kirishgan. Bundan manfaatdor boshqa hukumatlar ham Sharqiy Afrikaning ichki ishlariga aralashish imkoniyatini qo’ldan boy berishmayapti. Ushbu maxsus kuchlar, shu jumladan, Keniya va Tanzaniya politsiyasining terrorizmga qarshi kurash bo’limlari o’z yurtlari qonunlarini ochiqdan ochiq oyoq osti qilishda «o’rnak»ka aylanishdi. Ular o’z qonunlarini vahshiylarcha uylarga bostirib kirish, shaxslarni shafqatsizlarcha qiynoqqa solish, fuqarolarning shaxsiy hayotlariga daxl qilish, uylariga tunlari hujumlar uyushtirish, ko’ngillari tusagan shaxslarni yurtdan yashirincha chiqarib yuborish, yaqinda Mvanzada bo’lgani kabi muslima ayollar nomusiga tajovuz qilish orqali buzishmoqda. Bu kuchlar ayni qilmishlarni nafslarini tiymagan va mardlikni his etmagan holda ijro etishmoqda. Shular bilan birga, ulamolar va islomiy faollarga suiqasdlar uyushtirishlarni oqlash uchun oldindan ularga ayblovlar tayyorlab qo’yishmoqda, xo’jayinlari bo’lgan Amerikaning siyosiy va harbiy manfaatlarini amalga oshirishga dastak qilish uchun portlashlar uyushtirishmoqda. Bugun musulmonlar Keniya, Zanzibar, Arusha, Mvanza kabi turli yurtlarda qatl qilish va qamoqqa tashlash amaliyotlari qurboniga aylanmoqdalar. Bundan tashqari, manfur tahqirlash amaliyotlari hatto ayollar va bolalargacha etib borgan bo’lib, bu yurtlardagi musulmonlar repressiya qilinishga va bostirilishga loyiq ikkinchi darajali fuqaroga aylanganlar. Vaholanki, ular ayni yurtlar taraqqiyotiga o’z hissalarini qo’shganlar, bobolari tarixlar osha shu yurtlarning fuqarolari bo’lib kelganlar!!
Sharqiy Afrika mintaqasi bugun Amerika bilan Yevropa davlatlari o’trasidagi nufuz talashuv urushi o’chog’iga aylangan. Bu davlatlarning hammasi mintaqada o’z nufuzini yoyish va mustahkamlashga urinib keladi. Ayni kurash jumlasiga ushbu yurtlarda ochilgan tabiiy resurslarni talashish ham kiradi va ayni resurslarning asosiysini neft, gaz, olmos, uran va boshqa boyliklar tashkil qiladi. Bundan tashqari, bu mintaqalar strategik ahamiyatga molik mintaqadir. Chunki u Hind Okeani qirg’oqlarida joylashgan bo’lib, o’zining keng maydoni, ulkan tabiiy boyliklari bilan hamda iqtisodiy va xavfsizlik jihatidan butun dunyoda muhim o’rinni egallaydi. Bugina emas, hatto u jumladan, Arab Yarim Oroli, Sudan va Somali… kabi bir necha islomiy yurtlarni bog’lovchi markaziy mintaqa hamdir. Ushbu omillar kapitalistik davlatlar ko’ziga ushbu ulkan mintaqani yanada ulkan qilib ko’rsatmoqda, shu darajadaki, bu kapitalistik davlatlar u erlarga o’z nufuzlarini yoyish va boyliklarini tashib ketish yo’lida qasddan turli boshboshdoqliklar, vayronagarchiliklar va tartibsizliklar yaratishmoqda. Buning oqibatida mintaqa aholisi doimiy qo’rquv va notinchlikda yashamoqda. Afrikaning aksar aholisi musulmonlarni tashkil qiluvchi shimoliy va sharqiy qismi bilan sohil bo’yi mintaqalaridagi oqlab bo’lmas o’lim holatlari ortidan musulmonlar xavotir ostida qolganlar. Bunday vahshiyona qirg’inlar Mpeketoni, Brumuku, Hindidan tortib, Vitugacha barcha sohil bo’yi mintaqa aholisiga ulkan zararlar etkazgan va ular o’rtasida qo’rquv paydo qilgan. Masalaning yanada hayron qoladigan jihati, ayni qirg’in hodisasi Keniya dengiz kuchlari bilan Amerika dengiz piyoda kuchlari to’lib toshgan bir mintaqada sodir etildi, uning ijrochilari esa hech kimning xalaqit berishisiz bu qirg’inni o’n soat ichida bemalol amalga oshirishdi! Asta sekin boshlangan bu xavfsizlikning izdan chiqishi Malindi va Mombasa kabi boshqa mintaqalarga ham tarqala boshladi, u erlardan qaroqchilik qilish, jinoyat sodir etish to’g’risidagi ma’lumotlar har kuni kelib turibdi. Biroq – nima uchun bu hodisalar hadeb so’nggi paytlarda sodir bo’lmoqda, degan savol paydo bo’ladi. Shunisi diqqatni jalb qiladiki, ilgari tinch va osuda bo’lgan aksar aholisi musulmonlarni tashkil qiluvchi bu mintaqada jirkanch qirg’in amaliyoti sodir etilganiga atigi bir yil bo’lgandi, xolos! Shubhasiz, bunday iflos amaliyotlar ortida Islom va musulmonlarni nishonga olish yotganini har qanday aqli raso kuzatuvchi shaxs bilib oladi. Gap shundaki, maqsad, musulmonlar dushmanlari o’zlari musulmonlarga qarshi jinoyatlar va zo’ravonliklar sodir etishib, so’ng buning aybini ularning o’ziga to’nkash bilan ularni yomon otliq qilishdir.
Qadrli musulmon birodarlar!
Nafaqat Sharqiy Afrikada, balki umuman butun dunyoda sodir etilayotgan bunday qilmishlarning barchasi Ummatning bunday yovuz va jirkanchli amaliyotlardan uni himoya qilishni o’z kafilligiga oladigan, uning barcha kuchlarini dushmanlariga qarshi birlashtiradigan bir g’amxo’r posbonga juda-juda muhtoj ekaniga dalolat qilmoqda. Bu esa Rosulullohning
»إِنَّمَا الإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَي بِهِ«
«Xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi», degan so’zlariga ko’ra, xalifasiz zinhor amalga oshmaydi.
Shunday yovuz amaliyotlarga qaramay, biz otayotgan har bir tongimiz bizni nusrat tongiga yaqinlashtirayotganini ko’ryapmiz. Bu hech qanday tortishuv sig’maydigan haqiqat, chunki u Rosululloh Aning to’g’ri yo’lni tutuvchi ikkinchi Xalifalik davlati qayta barpo etilishi to’g’risidagi bashoratlaridir. Ushbu shon-shavkatli va qudratli davlat soyasida Islom hokimiyati dunyoning barcha qit’asini o’z ichiga oladi. Bu yaqinda Iroqda e’lon etilgan va dabdalasi chiqarilgan, faqat nomi bor bo’lgan zaifhol xalifalik emas. Ha, shar’iy ahkomlarga muvofiq davlat potentsiallariga ega bo’lmagan bu soxta xalifalik musulmonlar o’rtasida o’z hayotlarida bag’oyat ahamiyatli va qadrli bo’lib turgan haqiqiy Xalifalik borasida xavotir uyg’otish niyatida hamda kofirlarni himoya qilib, Islomni badnom etish va qudratini pasaytirish uchun atayin e’lon qilindi!
Hizb ut-Tahrir-Sharqiy Afrika o’z so’zlari nihoyasida siz musulmonlarni qo’zg’alishga hamda etakchimiz va habibimiz bo’lgan Muhammad A Alloh Subhanahu va Taoloning vahisi bilan bashorat bergan to’g’ri yo’lni tutuvchi Xalifalik davlatini barpo etish yo’lida Hizb bilan birga faoliyat qilish javobgarligingizni bajarishga xolis da’vat qiladi.
Alloh Subhanahu va Taolodan so’raymiz, yolg’iz O’ziga yaqin bo’lish niyatida ushbu muborak oyda va hayit kunlarida birgalikda qilgan solih amallarimizni qabul aylasin, barchamizni Payg’ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etish orqali O’zining yaqin nusrati bilan siylasin, bizni mudofaa qilajak ushbu sovut bilan mukarram qilsin, biz uning hukmronligi ostida qo’rqmay, xavotirlanmay Robbimiz Taboraka va Taologa O’zi loyiq bo’lgan amallar bilan ibodat qilishga qodir bo’laylik. Qudrat va ulug’lik egasi va eru osmonni yaratuvchisi bo’lgan Haq Taboraka va Taolodan so’raymiz, bizning ham, siz musulmonlarning ham solih amallarimizni qabul qilsin va ushbu buyuk kunni barchamizga haqiqiy buyuk hayitga aylantirsin.
Hizb ut-Tahrir
Sharqiy Afrika
1 shavvol 1435h
28 iyul 2014m